Savod o’rgatish jarayonida o’qish va yozuv faoliyatining bog’liqligi Reja



Yüklə 88,5 Kb.
səhifə5/6
tarix11.11.2022
ölçüsü88,5 Kb.
#68524
1   2   3   4   5   6
Savod o’rgatish davrida o’qish va yozuv darslari Reja

Ifodali o’qish. Asarni uning g’oyasiga, yozuvchining niyatiga mos ravishda, o’qish, asar jozibasini ifodalab, ravon aniq, to’g’ri o’qish ifodali o’qish deyiladi. Ifodali o’qish adabiyotni aniq va ko’rgazmali o’qitishning dastlabki va asosiy formasidir. O’qituvchi ifodali o’qish orqali asar mazmunini va emosionalligini o’quvchilarga ko’rgazmali ravishda etkazadi.

Intonasiya – urg’u, temp, ritm, to’xtam, ovozning baland-pastligining yig’indisi. Bular og’zaki nutq elementlaridir. Bu orqali qahramonlarining turli kayfiyatlari, ichki kechinmalari ifoda etiladi.

Ifodali o’qishni egallashning asosiy shartlari:



  1. Nafasni to’g’ri olish va to’g’ri sarflash.

  2. Tovushlarni aniq talaffuz qilish, burro gapirish.

  3. Adabiy talaffuz normalarini egallash.

Bular ifodali nutqqa ham taalluqli. Ifodali o’qish shartlaridan yana biri ovozning baland-pastligi, yoqimliligi, uni o’rnida asar mazmuniga mos holda o’zgartira olishlik.

Ifodali o’qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo’linadi:

1. Qaxramonlarning xatti-harakatini tahlil qilish, g’oyasini belgilash, badiiy vositalarning vazifasini tushunish. Demak, asar tahlili ifodali o’qishni ta’minlaydi.

2. Pauzaning, urg’uning o’rnini, nutq tempini belgilab olish.

3. O’qishni mashq qilish.

Avvalo, o’qituvchi ifodali o’qish namunasini ko’rsatish zarur. Ifodalilik ko’rgazmalilik demakdir.

Tekshirish uchun savol va topshiriqlar:





  1. Sinfda o’qish darslarida o’quvchilarga qanday bilimlar beriladi?

  2. O’qish darslarining tarbiyaviy ahamiyatini ayting.

  3. O’qish darslarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  4. YAxshi o’qish malakasining sifatlari deganda nimani tushunasiz? Ular o’zaro qanday aloqada?

  5. To’g’ri o’qish nima? Xato o’qishni keltirib chiqaradigan sabablarni ayting.

  6. To’g’ri o’qishni ta’minlovchi shartlarni sanang.

  7. Tez o’qish nima? Unga erishishning metodik usulini ayting.

  8. O’quvchilarning o’qish sur’atiga qo’yiladigan dastur talablarini ayting.

  9. Ongli o’qish haqida gapirib bering.

  10. Ifodali o’qish, uning ahamiyatini ayting.

  11. Ifodali o’qishga o’rgatish shartlarini ayting.

  12. Ifodali o’qish malakasini shakllantirish shartli ravishda necha bosqichga bo’linadi. Har bir bosqichning vazifalarini ayting.

Tayanch so’zlar: o’qish mavzulari, o’qish sur’ati, nutq madaniyati, bo’g’inlab o’qish, sidirg’a o’qish, avtomatlashgan o’qish, analitik bosqich, sintetik bosqich, avtomatlashgan bosqich, ifodali o’qish, to’g’ri o’qish, ongli o’qish, ifodali o’qishning texnik asoslari, ifodali o’qishning adabiy asoslari ovoz, janr, she’r o’lchovi, erkin she’r, barmoq, aruz vazni.





Yüklə 88,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin