Savol ashel Ashel madaniyati



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə18/22
tarix22.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#159550
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
daktarantura savollari

Uygʻur hoqonligi 744-840

Og'uz Yabg'u davlati 750-1055

Qarluk Yabg'u davlati 756-940

Qoraxoniylar davlati 840-1212

Kansa Uyg'ur davlati 848-1036

Qocho 856-1335

Bijanak xoqonligi 860-1091

Gʻaznaviylar imperiyasi 963-1186

Saljuqiylar davlati 1037-1194

  • Konya sultonligi

Dashti qipchoq 1067-1239

Xorazmshohlar imperiyasi 1077-1231

Keraitlar 11th century-13th century

Dehli sultonligi 1206-1526

  • Mamluk sulolasi

  • Halji sulolasi

  • Tugʻloqiy sulolasi

Qarluqidlar 1224-1266

Oltin Oʻrda 1240s-1502

Mamluklar davlati 1250-1517

  • Bahriy sulolasi

  • v

  • t

  • e

6-asrning 2 yarmida Turk xoqonligi vujudga kelgunga qadar mintaqada 2 yirik davlat: Eftaliylar va Jujanlar davlati hukm surardi.
Turk xoqonligining asoschilari boʻlmish turkiy Ashina qabilasi esa bu paytda Oltoy toglarining jan. yon bagʻirlarida istiqomat qilar va Jujanlar davlatiga tobe edi.
Jujanlar qoʻl ostidagi ashina turklari kuchayib 545 y. tele qabilalarini, 551 y. esa jujanlarni yengadilar. Shu tariqa ogʻaini Bumin va Istami 552 y. Turk xoqonligiga asos soladilar. Bumin oʻzini xoqon deb eʼlon qiladi (qarang Bumin xoqon, Istami xoqon).
555 yilga kelib, Markaziy Osiyoning shim.sharqidagi qabilalar, Uzok, Sharqdagi kidan (qoraxitoy), tatabi, shivey kabi manchjur va moʻgʻul qabilalari, Yenisey boʻyidagi turkiy qabilalar ham Turk xoqonligi qoʻshinlari tomonidan tobe etilib, 555 yildayoq Sharqiy Turkistonning katta qismi Turk xoqonligi koʻl ostiga oʻtadi.

devoriy rasmlarda Turk jangchisi, milodiy 6 asrning ikkinchi yarmi, Sharqiy Turkiston
Turk xoqoni Mugʻon (553-572) Xitoyga 556-557 yillarda yurishlar qilib, bu yerdagi Gʻarbiy Vey (Toba) sulolasi oʻrnini egallagan Shim. Shim. Si (550—577) va Chjou (577—581) sulolalarini oʻz taʼsir doirasiga oladi.
Turk xoqonligi 565 y. eftaliylarga Naxshab sh. (hozirgi Qarshi sh. yaqinidagi Yerqoʻrgʻon xarobasi) atrofida ogʻir zarba beradi. Turk xoqonligi eftaliylarga qarashli Choch, Fargʻona, Ustrushona, Samarkand, Xorazm, Buxoro, Kesh va Nasafni qoʻlga kiritgan bir paytda xoqonlikning eftaliylarga qarshi ittifoqchisi Sosoniylar Eroni hukmdori Xusrav I Anushirvon esa Eftaliylar tarkibida boʻlgan Toxariston, Kobuliston, Zobuliston (Shim. Afgʻoniston) viloyatlarini egallaydi. Sosoniylar bilan bevosita qoʻshni boʻlib qolgan xoqonlikning Eronga yuborilgan elchilarining oʻldirilishi va sugʻdiy Maniax boshchiligida ipak tijoratini yoʻlga qoʻyish maqsadida yoʻllangan elchilarga Eron shohining qoʻpol munosabatda boʻlishi, hatto ular keltirgan ipak matolarni yoqishga buyurishi Turk xoqonligi va Sosoniylar oʻrtasidagi ittifoqqa raxna soladi. Turk xoqonligi Eron bilan orani uzib, Vizantiya imperiyasiga yaqinlashish, u bilan savdosotiq, asosan, ipak tijoratini rivojlantirish uchun unga 567 y. mazkur Maniax boshchiligida elchilik hayʼatini yuboradi. Shu paytdan boshlab ikki davlat oʻrtasida ittifoq vujudga keladi. Eron — Vizantiya oʻrtasida 571 y. jang boshlangach, gʻarbga yurishni davom ettirayotgan Istami shu yili Shim. Kavkazdagi Kuban daryosi havzasi va Ozarbayjonni qoʻlga kiritadi. Boshqa tarafdan esa 567 yildanoq Sosoniylarga qarshi Amudaryo yoʻnalishi boʻylab yurish uyushtira boshlagan Istami bu jabhada katta muvaffaqiyatlar qozonib, Toxaristonni olgach, Turk xoqonligining jan.gʻarbi~y chegarasi Amudaryo boʻlib qoladi. 6-asrning soʻnggi choragida Kobuliston (Kobul), Zobuliston va Xurosonning katta kismi xoqonlik tarkibiga oʻtadi.
572-581 yillarda Turk xoqonligini Taspar xoqon boshqardi.
576 yilda Turk xoqonligi bilan Vizantiya orasida ixtilof paydo boʻladi va xoqonlik shu yili Qrimdagi Bospor (Kerch)ni bosib oladi va 581 yilda Xersonesni qamal qiladi. Sharqiy Yevropada xoqonlik hududi bu paytga kelib Qora dengiz sohillari, sharqda Koreya boʻgʻozi, shimolida Ural togʻlari, Yenisey va Baykalboʻyi, janubida Afgʻoniston va Shimoliy Hindiston hududdarini oʻz ichiga olar edi.
Turk xoqonligi tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Aleksandr Bernshtam, Lev Gumilyov, Sergey Klyashtorniy, Dmitriy Savinov, Leonid Kyzlasov, Igor Kyzlasov, Olga Smirnova, Larisa Baratova, Nasimxon Rahmon, Shamsiddin Kamoliddinov).

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin