IM-81 Guruh talabasi Baxtiyorov Umrbek
Savol:
Tahlilda fоydalaniladigan ma`lumоtlarga qanday talablar qo’yiladi?
Javob:
Korxonalarni to‘g‘ri va oqilona boshqarish uchun turli-tuman ma’lumotlar tizimidan foydalanish zarurki, ular orqali to‘g‘ri boshqaruv qarorlari qabul qilinishi mumkin. Ma’lumotlar deyilganda iqtisodiy hodisalar, voqealar va xo‘jalik jarayonlarini tegishli manbalar orqali aks ettirish, ularni qayta hisoblash va o‘rganish, hamda qiziquvchi tashkilotlarga uzatish tushuniladi.
Iqtisodiy tahlilda qo‟llaniladigan axborotlar mazmuniga koʻra quyidagi turlarga bo'linadi: 1.Iqtisodiy maʼlumotlar;
2.Huquqiy-meʻyoriy maʼlumotlar;
3.Ilmiy-texnikaviy maʼlumotlar;
4.Tabiiy-ekologik maʼlumotlar;
5.Boshqa ma`lumotlar.
Iqtisodiy ma`lumotlar asosan buxgalteriya hisobi, statistika va tezkor hisob va hisobotlarda oʻz aksini topadi.Ushbu axborotlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
1.Xaqqoniylik va holisonalik tamoyiliga amal qilish,
2.Iqtisodiy jarayonlar va hodisalar mazmunini toʻliq obyektiv yoritish.,
3.Iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni ifodalovchi ma`lumotlarni aniq oʻlchamda aks ettirish.
4.Barcha manbalarning umumiy birligi va uzviy bog’liqligi hamda ulardagi axborotlar bir-birini to'ldirib turushligi.
5. Manbalarga kiritilgan ko‘rsatkichlarni aniqlanish tamoyillari va aks ettiriladigan davrlar mosligi zarurdir.
Yuqoridagi talablarga javob beruvchi barcha axborotlar tahlilning aniq bajarilishi, sermazmun bo‘lishligiga imkon yaratadi.
Iqtisodiy axborotlarni tekshirish usullarini quyidagi chizmadan ko’rish mumkin.