Savollarga javoblar bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining psixologik-pedagogik asoslari nimani o‘rganadi?



Yüklə 21,44 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü21,44 Kb.
#163054
  1   2   3   4
1-topshiriq



SAVOLLARGA JAVOBLAR
1.Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining psixologik-pedagogik asoslari nimani o‘rganadi?
Psixologik-pedagogik asoslari- taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish. Pedagogik psixologiya 19-asrning 2yarmida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari Pedagogik psixologiya rivojiga katta hissa qoʻshganlar. Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda yuzaga kelgan psixologik yoʻnalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik (qarang Bixeviorizm) psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uz-viy bogʻliq. Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psi-xologiyasi va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi. Taʼlim psixologiyasi d a oʻquv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, oʻquvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, harakte-ri, qiziqishlari), oʻquv predmetlarining oʻziga xos’tomonlari, taʼlim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa oʻrganiladi.

2. Fanning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Pеdagogikaning ham, ijtimoiy pеdagogikaning ham obyеkti- bu bola, biroq o‘rganish prеdmеtlari turlicha.
Pеdagogikaning o‘rganish prеdmеti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi,
Ijtimoiy pеdagogikaning prеdmеti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi.
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi faninig predmeti ilk yosh davridagi va maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir.
“Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” fani bolani ijtimoiylashtirishning asosiy omillari va qonuniyatlari haqida yaxlit tasavvurlarni shakllantirish, ijtimoiy pedagogik faoliyatning oʻziga xosliklari va uning gumanistik yoʻnalganligini yoritib berish, turli toifadagi bolalar bilan pedagogik faoliyat olib borishning asosiy metod va shakllarini oʻrganish tamoyillari, unga qoʻyilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojlantirish muammolari,barkamol avlod tarbiyasida nutqni toʻgʻri shakllantirih yoʻllari va ish samaradorlig, ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, va uning tamoyillari, qonuniyatlari,maktabgacha yoshda boʻlgan bolalarni ijtimoiy faoliyatga oʻrgatish ishiga tayyorlashdan iboratdir. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi faninig obyektibu bola. Ushbu fan maqsadi — ilk va maktabgacha yoshdagi bolava sotsium oʻzaro ta’siriga ilmiy pedagogik asos boʻlish, amaliyot ishlar darajasida bu oʻzaro ta’sirini har tomonlama uygʻun boʻlishi uchun ijtimoiy.— pedagogik faoliyatni ilmiy asosini sifat va samaradorligini yuqori koʻtarish. Ushbu maqsadga erishish ilmiy fan sifatida ijtimoiy — pedagogika vazifasi orqali hal etiladi. Bular bilim (tadqiqot) variantlari tavsiya beruvchi, ta’limiy, oʻzaro bogʻlovchi vazifalaridir.Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fani ilk va maktabgacha yoshdagi sogʻlom, anomal bolalarning ijtimoiylashtirish qonuniyatlarini, bir muhitdan ikkinchi muhitga oʻtganda moslashuvchanlikgini, oilada, mahallada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy tarbiya olishi, anomal bolalarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga yordam berish, ularda shaxsni shakllantirish,maktabgacha yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishni oʻrganuvchi fandir.



Yüklə 21,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin