Sayohat darslarini tashkil etish



Yüklə 21,42 Kb.
səhifə1/2
tarix27.02.2023
ölçüsü21,42 Kb.
#85724
  1   2
Sayohat darslarini tashkil etish


Sayohat darslarini tashkil etish
Reja:


1. Sayohat darslari va uning turlari.
2. Sayohat darslarini tashkil etish.
3. Sayohat darslarining ahamiyati.

Adabiyot darsining noan`anaviy shakllaridan yana biri adabiy ekskursiya darsidir. O`kuvchilarning mustakil ijodiy tafakkur kobiliyatini rivojlantirish maksadida ushbu usul ko`llanadi. Maktabda XIV-XIX asrlardagi hayot ifodalangan asarlarni o`qiganlarida, u davrdagi moddiy, ma`naviy hayot hakida to`lik tasavvurga ega bo`lmaydilar. Ularda shunday tasavvur hosil kilishga darsni ekskursiya usulida olib borish yordam beradi. Masalan: tarix muzeyiga, adabiyot muzeylariga sayohat uyushtiriladi. U erda o`quvchilar o`tmish madaniy yodgorliklar-me`morchilik, haykaltaroshlik asarlarini, tasviriy san`at obidalarini o`z ko`zlari bilan ko`rganlaridagina xotiralarida yaxshi saklashlari mumkin. Shu o`rinda adabiyot darsining tarix bilan chambarchas bog`likligi yakkol namoyon bo`ladi. Tarix darslarida asosan o`sha davrning ijtimoiy-siyosiy hayoti o`rganilsa, adabiyot darslarida aynan shu davrdagi adabiy muhit shoir va adiblar ijodi o`rganiladi.


Hamid Olimjonning kitobxonlarga yaxshi tanish “O`rik gullaganda” she`rini oladigan bo`lsak, ushbu asarni o`rganishda ham sayohat darslaridan foydalanishimiz mumkin.

Derazamning tagida bir tup O`rik oppoq bo`lib gulladi,
Novdalarni bezab g`unchalar Tongda aytdi hayot otini.
Va shabboda kurg`ur ilk sahar Olib ketdi gulning totini...

She`rni o`qigan har bir kishi avvalo ilk bahorni, erta tongni ko`z oldiga keltiradi. Ushbu she`r o`tilayotgan paytda ham bolalarni tabiat ko`yniga olib chikilsa, o`sha erda she`rda keltirilgan tasviriy vositalar , o`xshatishlar izohlansa maksadga muvofik bo`ladi.


Biz yukorida aytib o`tdik XIV-XIX asr tarixini, adabiyotini o`rganayotgan davrda ayniksa adabiy ekskursiyalar muhim ahamiyatga ega. Biz bilamizki, adabiyot o`ktuvchisining vazifasi avvalambor o`quvchiga odob-axlokni, vatanga muhabbat, yurtga sadokatli bo`lish kabi tuyg`ularni shakllantirishdir. O`kuvchilarning fan asarlarini puxta egallashlarida, fanlararo alokani mustahkamlashda; o`lkamiz o`tmishini chukur o`rganish va shu asosda bugungi kun vokea-hodisalarini teran mushohada kilishimiz lozim.
Adabiy ekskursiyalarni tashkil etishda ota-onalar bilan, maktab ma`muriyati bilan kelishilgan holda Samarkad, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlarga sayohat uyushtirilsa. O`kuvchilarning tarixiy obidalarni o`rganishga, ularni asrashga bo`lgan rag`bat yanada oshar edi.
Adabiy ekskursiya deganda fakatgina ko`rib kaytish emas, balki o`quvchi ko`rganlarini gapirib berishi, sinfda atroflicha muhokama kilinishi zarur. Bu o`qituvchidan ham o`ta bilimdonlik va tashkilotchilikni talab kiladi. O`qituvchi o`quvchilarni kiziktirgan savollarga javob bera olishi, ularni atroflicha bahslar utkazishga jalb kila olishi zarur.
Alisher Navoiyga bag`ishlangan darsni o`tishda o`quvchilarni muzeyga olib borish yoki muzey eksponatlarini namoyish kilgan ma`kul. Bunda1 Alisher Navoiyning bolalik va yigitlik chog`lari hakida rassom A.Ciglincevning “Alisher maktabga borgan payt”, B.V.Cestinskiyning “Alisher Navoiy “Mantik-ut tayr”ni o`qimokda”, A.Ciglincevning “Mashhad. Alisher Abulkosim va Husaynga she`r o`qib bermokda” kabi rasmlardan foydalanib o`qituvchi o`quvchilarga jonli ma`lumot berishi mumkin.
Oybekning “Navoiy” romaniga ishlangan “Alisher Navoiy” portretida shoirning 30 yoshlardagi payti - uning muhrdorlik vazifasiga tayin etilganlik yillari tasvirlangani hakida ma`lumot berib, bunda o`qituvchi Navoiy kiyofasini Oybekning “Navoiy” ramanidagi kuyidagi parcha asosida tasvirlashi mumkin:
“Shoirning boshida kuchli ko`k takyaga sillik o`ralgan ko`rkamgina salla. egnida odmi shohi to`n, ustida yalang ko`ng`ir movut chakmon… Navoiy o`ttizdan oshmagan bo`lsa ham, yoshi ulug`dek ko`rinardi. Qomati o`rtadan baland, ingichka, lekin pishik, barmoklari uzun va nafis. Kora va kiska sokolli xushbichim miyiklari tekis va sillik; yonoklari chikikrok; kenggina yuzida doimiy tafakkurning asl ma`nosi, ma`naviy kudrat va engil, go`zallashtiruvchi ir xorg`inlik jilvalanadi. Qobarikrok kovoklari ostidagi kiyg`och ko`zlarida go`yo tafakkur va xayol bilan birga kandaydir iroda kuchi ifodalangan”.
O`qituvchi xuddi adib tasvirlagan holat musavvir kalamida o`z ifodasini topganligini ko`rsatadi.
Alisher Navoiy hayotining so`nggi yillari hakida ma`lumot berganda Navoiy portretini birinchi bo`lib ishlagan musavvir Kamoliddin Behzodning asari bizgacha etib kelmaganligi sababli Navoiyning Mahmud Muzahhib tomonidan yaratilgan portretidan foydalanish maksadga muvofikdir.
Mazkur portretda shoirning keksalik davri tasvirlangan. U hassaga tayangan holda bir oz egilib turibdi. Ilm-ma`rifat, hakikat va adolat uchun kurashlarning shoirga ta`siri uning okargan sochlaridan, kiyofasidan sezilib turibdi. Ammo shoir jismonan charchagan bo`lsa ham, ruhan tetik ko`rinadi. Biroz chimirilgan koshlari, tiyrak nigohi. Sezilar-sezilmas tabassum bilan bokib turishi jonli va hayotiy ifodalangan.
Demak adib hayoti va ijodini o`rganishda muzeylarga sayohat uyushtirish, u erdagi portret va asarlar, ko`rgazmalarni bevosita adib hayoti bilan bog`lagan holatda o`quvchiga etkaza olish o`qituvchi mahoratiga bog`lik.
Umuman, Ғafur Ғulom, Oybek, Abdulla Qahhor kabi adiblarimiz ijodini o`rganayotgan paytda ham adabiy ekskursiya usulidan foydalanish maksadga muvofikdir. Masalan, Ғafur Ғulom ijodini o`rganish jarayonida o`quvchilarga shoir hakida ma`lumot beriladi va shoir uy-muzeyiga ekskursiya uyushtiriladi. O`kuvchilarning u erda shoir hakida yanada to`larok ma`lumot olishga muvaffak bo`ladilar. Chunki shoirning esdaliklari, suratlari, shoir foydalangan buyumlari, hattoki uning chalgan tanburi-yu, o`qigan “Qur`on” kitoblari o`quvchida umrbod esda koladigan tuyg`uni paydo kiladi. Bu adibga bo`lgan mehr va hamnafaslik tuyg`usidir.
Umuman, adabiy ekskursiya darslari o`quvchida katta qiziqish uyg`otadi. Darsni nazariy jihatdan o`rganib turib, uni amaliyotga tatbik kilsagina samarali natijaga erishish mumkin.
Adabiyotlar:



Yüklə 21,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin