Science and Innovation International scientific journal



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix06.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#94038
1   2   3   4
jism-massasi-va-uni-o-lchashda-yo-l-qo-yiladigan-xatolar

MUHOKAMA 
Prujinali tarozining ilmogʻiga tosh ilib qoʻyingda, tarozini tosh bilan birga keskin 
pastga tushiring – tarozining koʻrsatkichi qaysi tomonga siljishiga e’tibor qiling (qulaylik 
uchun bir boʻlak tiqinni tarozi tirqishiga joylashtiring va uning holati oʻzgarishini belgilab
qoʻying). Pastga tushish vaqtida tarozining koʻrsatkichi tosh ogʻirligini toʻliq emas, balki 
ancha kichik qilib koʻrsatishiga amin boʻlasiz! Agar tarozi bemalol, erkin pastga tusha 
olganida va siz uning koʻrsatkichini kuzatish imkoniyatiga ega boʻlganingizda, u holda


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 
2022 
№ 2
82 
pastga tushish vaqtida toshning hech qanday ogʻirligi boʻlmaganini koʻrgan boʻlar edingiz:
koʻrsatkich nol yonida boʻlar edi.
Eng ogʻir jism ham pastga tushish vaqtida umuman vaznsiz boʻlib qoladi. Nima 
sababdan bunday boʻlishini tushunish oson. Jismning vazni deganda biz bu jism osilgan 
nuqtani tortuvchi yoki jism turgan tayanchni bosib turuvchi kuchni nazarda tutamiz. Lekin 
pastga tushayotgan jism tarozi purjinasini umuman tortmaydi, chunki purjina ham u bilan 
birga pastga tushayapti. Jism pastga tushar ekan hech nimani tortmaydi va hech narsani
bosmaydi. Shunday ekan, pastga tushayotgan jismning ogʻirligi qancha degan savol berish
jismning ogʻirligi qancha deb soʻrash bilan barobar boʻlib qoladi. 
XULOSA 
Xulosa qilib, aytadigan boʻlsak, mexanikaning asoschisi Galiley XVII asrda quydagicha 
fikr yuritgan: “Biz yelkamizdagi yukning ogʻirligini u yerga tushishiga yoʻl qoʻymaslikka
intilayotganimizda his etamiz. Lekin, agar biz ham, yuk harakatlanayotgan tezlikda 
harakatlansak, u holda qanday qilib yuk bizni bosishi mumkun? Bu bizdan oldinda va 
bizning tezligimizga teng boʻlgan tezlikda yugurib ketayotgan odamni nayza bilan
jarihatlashga urinish bilan barobar boʻlgan istak boʻlib qoladi”. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin