Academic Research, Uzbekistan 1498 www.ares.uz Ushbu maqola muallifining yozishicha, har qanday tilda ham so’z turkumlari
miqdori, soni cheklangan. Uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichalarini bosib o’tgan so’z
turkumlarining ayrimlari oldin boshqalari esa keyinroq paydo bo’lgan. Ular o’zaro turli
morfologik, sintaktik va semantik (mazmuniy) munosabatlarda bo’ladi. Ularning tilidagi
asosiy vazifasi tushunchalarni umumlashtirishdir [qarang: M.N. Peterson, 1955, 175-
bet].
M.N. Peterson haq. Haqiqatan ham bilish jarayoni bevosita abstraktlikka
(mavhumlikka) va abstraktlikdan amaliyot tomon bajariladi. Shuning uchun, so’z
turkumlari taraqqiyoti tasnifi ham bevosita kuzatishda, matnda qo’llashda o’rganilishi
kerak. Bunday kuzatish natijasida olingan umumlashma va abstraksiyalar ya’ni til
qo’llanishining barcha sohalarida tekshirish kerak [M.N. Peterson, 1955, 179-bet].
Shuningdek, M.N. Petersonning so’z turkumlari bilan bog’liq material, ma’lumot
lug’atlardan olinmasligi kerak. Chunki ular lug’atlarga qayta ishlanib kiritilgan bo’ladi:
“uni ya’ni so’z turkumlari haqidagi material matndan olinishi kerak. Chunki til
(grammatika tasarrufiga o’tgan lug’at boyligi) muloqot vositasi bo’lib xizmat qiladi”
[M.N. Peterson, 1955, 176-bet].
Shundan keyin muallif so’z turkumlarini A. Pushkinning “Belikin hikoyalari”
asosida o’rganadi. Chunki unda rus tilining barcha morfologik xususiyatlari istifoda
etilgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, M.N. Peterson so’z turkumlari taraqqiyoti haqidagi
masalani rus tili misolida o’rganishga harakat qiladi, va bunda asosiy e’tiborini “so’z
turkumlari” termini deganda nimani tushunish kerakligiga, tahlil usulini (metodini)
aniqlashga va tadqiqot olib borish mumkin bo’lgan materialga qaratadi.
Biz ham M.N. Petersonning izidan borib so’z turkumlari haqidagi masalani matn
asosida o’rganishga harakat qilidk. Tadqiqot materiali sifatida Afg’onistonda o’zbek
tilida ijod qiladigan adib Dr. Sh. Yorqinning “Yana ko’rishguncha” hikoyalar
to’plamining “Qutilish” hikoyasi kelgan barcha so’zlarni tadqiqimiz predmeti qilib
oldik. ushbu material istifoda etilgan barcha so’zlarni qog’ozcha (kardochka)larga yozib
chiqdik. Qog’ozchalarda qayd etilgan so’zlarni grammatik turkumlarga ajratib, nihoyat
faktik material asosida so’z turkumlarining tasnifini ishlab chiqidik.