Academic Research, Uzbekistan 1568 www.ares.uz 3. Bilimlarni to'plashdan mustaqil ta'lim olish mexanizmlarini yaratish va
tadqiqot faoliyati ko'nikmalariga o'tish jarayoni rivojlantirish imkonini yaratadi:
4. O'quvchilarning qobiliyatlarini shakllantirish va ularda bilim ko'nikmalarini
mustahkamlaydi;
5. Ijodiy va kasbiy bilim qobiliyatini rivojlantiradi;
6. O'quvchilarning sotsial moslashuvi uchun psixologik shart sharoitlar
yaratadi.
Milliy ta'lim tizimlari innovatsion faollik ular faoliyatiga ta'sir kursatib
kelmoqda, ular bir-biridan taraqqiyot darajasi, maqsad va vazifalari, milliy va tarixiy
xususiyatlari, an'analari, aholini qamrab olish darajasiga ko'ra keskin farqlanadi.
Ta'lim tizimini rivojlantirish uchun mamlakatimizning ilmiy-texnik va
innovatsion potentsialini barqaror saqlash xamda rivojlantirish zarur. Buning uchun
quyidagi yunalishlar bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
-
mavjud
konunchilikka
innovatsion
sohadagi
faollikni
yanada
jadallashtirish uchun qulay shart-sharoit yaratib beradigan yangi takliflar kiritish;
-
ilm-fanni rivojlantirish va innovatsiyalarni yaratish uchun, ilm-fan
yutuklaridan keng ko'lamda foydalanish asosida innovatsion faoliyat sub'ektlarini va
ulardagi faollarni qo'llab-quvvatlash;
-
yaratiladigan innovatsion loyihalarni ro'yobga oshirish bilan bog'lik
bo'lgan barcha ishlarni muvofiqlashtirib boshqarib boradigan maxsus innovatsion
guruhlarni yaratish;
- bilimli, tajribali professional ilmiy-texnik xodimlari, olimlari va
mutaxassislaridan tarkib topadigan innovatsion loyixalarni ishlab chiqib ularni
ro'yobga oshirish bilan bog`liq chora-tadbirlarni rejalashtiradigan, keyinchalik ushbu
faoliyatni boshqarib turadigan ta`lim muassasalariaro Forsayt markazlarini tashkil
qilish.
Innovatsion guruhlar faoliyat va undagi faollikani tartibga solish
mexanizmlarini boshqaruv funktsiyalari orqali muvofiqlashtirib borish quyidagilarni
amalga oshirishga bog'liq:
-
ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik istiqbollarni to'g'ri belgilash;
-
turli xil ilmiy izlanishlarni va innovatsiyalarni amalga oshirish uchun
zarur bo'ladigan mablag'larni akkumulyatsiyalash;
-
innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish;
-
innovatsiyalarni rag'batlantirish; innovatsion sohada raqobatchilikni
kuchaytirish va ta'lim tizimidagi innovatsion faoliyatni amalga oshirishda salohiyatli
kadrlar ta'minotiga ahamiyat berish;