Scientific Journal Impact Factor (sjif) 2021: 723


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 80,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix19.12.2023
ölçüsü80,92 Kb.
#184754
1   2   3   4   5   6   7
Soz turkumlari va ularni matn asosida ta

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 1500 www.ares.uz 
Bizga ma’qul ko’ringan tasnif quyidagi guruhlarga bo’linadigan tanifdir:
1)
Mustaqil soʽzlar: ot, sifat, son, fe’l, ravish va olmosh so’z tur
kumlari. 
2)
Yordamchi soʽzlar: koʽmakchi, bogʽlovchi va yuklama so’z turkumlari.
3)
Alohida soʽzlar: modal, undov va taqlid soʽz turkumlari.
Yuqoridagi ko’pincha tasniflarda mustaqil va yordamchi so’z turkumlari ko’zga 
ko’rinmoqda. Agarchi, bu tasnif ana’naviy 
tasnif hisoblansa-
da, hozirgi kunda ham o’z 
qimatini yo’qotmagan. An’anaviy tasnifda so’z turkumlariga 6 ta so’z turkumi kiritilib, 
ularda ot so’z turkumi birlamchi va fe’l esa ikkilamchi qutbda qaror topmoqda, lekin 
ayrim tadqiqotlarda taqlid so’zlar ham mustaqil so’z turkumlariga kiritilib, fe’l so’z 
turkumi oldinga o’tkazilmoqda. Fe’
l barcha so

z turkumlari ichida eng katta, grammatik 
kategoriyalarga boy, mukammal so

z turkumidir. Biroq ma

lumki, Inson dunyoga 
kelgach, avvalam bor narsa-buyumlarga duch keladi. Har qanday harakat ham predmet 
yoki shaxs tomonidan bajariladi. Shunga binoan, bizga ma’quli esa an’anaviy tasnifdir.
Mustaqil so’z turkumi leksik va grammatik ma’noga ega bo’lib, gapning biror 
bo’lagi vazifasida kela olishi bilan shakl yasash xusus
iyatida ham egadir. Yordamchi 
so’zlar esa leksik ma’no anglatmaydi, morfologik jihatdan ham o’zgarmaydi, gap 
bo’lagi vazifasida ham kela olmaydi va yasalish xususiyatiga ham ega emas. Modal, 
undov va taqlid so’zlar esa mustaqil so’zlarga ham, yordamchi so’
zlarga ham 
o’xshamaydi, o’zaro umumiy jihatlari ham yo’q. Shuning uchun, alohida so’z 
turkumlari deb ataladi. 
Hozirgi o’zbek tilshunosligida grammatik kategoriyalar o’rganilish bo’yicha ham 
har xil fikrlar mavjud. An’anaviy tilshunoslikda har bir so’z tur
kumining grammatik 
kategoriyalari o’z doirasida o’rganilib kelingan bo’lsa
-
da, keyingi paytlarda so’z 
o’zgartiruvchi vositalar –
otlardagi kelishik va fe’llardagi shaxs
-
son qo’shimchalari 
so’zlarning sintaktik aloqasiga xizmat qiluvchi aloqa
-munosabat shakllari deb nomlanib, 
so’z turkumlaridan tashqarida o’rganilmoqda. Bizningcha, har bir kategoriyaning o’z 
so’z turkumi doirasida berilshi ma’qul. Chunki har so’z turkumining kategoriyasi o’z 
so’z turkumi doirasida o’rganilmasligi so’z turkumlarining xususiya
tlarini bir butun 
holda tushunmasligiga va so’z turkumlarini tahlil qilishda qiyinchilik hosil qilishga 
sabab bo’ladi. Shuning uchun, grammatik kategoriyalarga shakl hosil qiluvchilar va so’z 
o’zgartiruvchilarga bo’lingan holda har kategoriyani o’z doirasida o’rganilishi ma’qul.

Yüklə 80,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin