Scientific Journal Impact Factor (sjif) 2021: 723


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 239,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix18.04.2023
ölçüsü239,47 Kb.
#99781
1   2   3   4   5
muhammad-yusuf-sheriyatida-ritorik-soroq-gaplarning-oziga-xos-uslubiy-xususiyatlari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 722 www.ares.uz 
NATIJALAR
Ma'lumki, o'zbek romanchiligining asoschisi, buyuk ijodkor A. Qodiriy ham 
qatag'on qurboniga aylangan. Shunday yuksak iste'dod sohibini ko'rolmay uning 
oyog'iga bolta urgan noinsof, laganbardorlarga bo'lgan nafratini, g'azabini ritorik-so'roq 
orqali to'kib solganligiga yuqoridagi misolda guvoh bo'lamiz.
Oshiq yuraklarning iztirobli kechinmalari ham majnuntabiat shoirning e'tiboridan 
chetda qolmagan, albatta. Oshiqning dard-u alamlarini, yurakdagi yorga bo'lgan 
mehrini, sevgi va his-hayajonini, orzu-o'ylari va xayollarini «Suvpari» she'ridagi 
misralarda o'zini aybdor sezish hamda tasdiqlash orqali ritorik-tasdiq aks-ettirilganligini 
kuzatish mumkin. 
Yo'ling kesib o'tsam – o'zim xijolat, 
Uzoqdan bir seni ko'rsam kifoyat, 
Bir nigohing o'zi menga inoyat, 
Seni hech kim sevolmaydi meningdek… («Suvpari»)
Shoir qator she'rlarida shunday hayotning real tasvirida o'zimizning qiyofamizni 
o'zimizga ro'para qiladi. Hayotda ro'y bergan adolatsizlikdan zada bo'lgan qalbning 
ziddiyatlarini misralarda to'kadi.
XULOSA
Muhammad Yusufning she'rlari shunday. O'zbekiston qahramoni, katta 
adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov bu haqida shunday yozadi: «Muhammadning 
she'rlari bir qarashda juda sodda, jo'n yoziladiganga o'xshab tuyuladi. Ammo unga 
o'xshatib yozib ko'ring-chi? Qo'lingizdan kelmaydi! Uning oson yoziladiganga o'xshab 
ko'ringan misralari muxlislarini yig'latadi, kuldiradi, o'z og'ushiga tortib oladi». Bu ayni 
haqiqatdir. Shuningdek, Muhammad Yusufning she'rlari sof milliylig-u, milliy ruhning 
mujassamligi bilan ajralib turadi. U chiranib yozmaydi, so'zlarning o'zi quyilib keladi. 
Shundan uning she'rlari maftunkor va jozibali. Uning she'rlarining mazmunini og'zaki 
gapirib, bayon qilib bo'lmaydi. Chunki ularning asosini voqelik emas, yuqoridagi 
misralarda ko'rganimizdek, tuyg'ular, dardlar tashkil qiladi. Tuyg'u va dardlarni esa 
gapirib bo'lmaydi. U his qilinadi. Muhammad Yusuf she'rlari ham ana shunday, uni his 
qilish lozim. His qilingan narsa yurakka borib tegadi. Yurakka tekkan narsaning ta'siri 
katta bo'ladi, bir holatdan ikkinchi holatga soladi. Biz ko'rib o'tgan ritorik-so'roq gaplar 
ham she'rlar mazmunining ana shunday ta'sirchanligini oshirishga xizmat qilgan. 
Shoirning deyarli barcha she'ri shu xususiyatga ega. Uning elga mashhurligi siri ham 
shundadir. 



Yüklə 239,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin