300
jamiyatning komil insonni tarbiyalashdek maqsadiga mos kelishi kerak. Xalq og’zaki
ijodida keng talqin qilinadigan milliy qadriyatlar-insonparvarlik, bag’rikenglik,
vatanparvarlik, mehmondo’stlik, ahillik, to’g’riso’zlik,tabiatni sevish va boshqalar
o’zbek xalqi qadriyatlarining nozik kurtaklari bo’lib hisoblanadi. Ularni xalqimiz asrlar
osha avaylab-asrab kelmoqda.
Mamlakatimizning kuch-qudrati manbayi ham uning milliy qadriyatlarga
sodiqligidadir. Milliy qadriyatlar, o’z mohiyatiga ko’ra, xalqimizning asosiy maqsad va
muddaolarini ifodalaydigan, uning o’tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog’laydigan,
asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan g’oyalar tizimidir.
ASOSIY QISM
Boshlang'ich ta'lim mazmuni milliy qadriyatlar materiallariga boy. Ko'plab
darslik va qo'llanmalarga xalq og'zaki ijodi bo'lgan ertak, maqol, rivoyat, hadis, doston,
qissa, afsona, topishmoq, folklor, xalq kuyi va qo'shiqlari kiritilgan. Ular o'z mazmuni
mohiyatiga ko'ra yosh o'quvchilarda milliy odob-axloq madaniyati asoslarini
shakllanishiga xizmat qiladi. Xalq og'zaki ijodi vositalaridan maqsadli va unumli
foydalanish uchun boshlang'ich sinf o'qituvchilari yuksak pedagogik mahoratga ega
bo'lmog'i lozim.
Umumiy o`rta ta’lim maktablari o’quvchilarining ekologik madaniyatini
shakllantirish quydagicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:
1. O’quvchining hissiyotiga ta’sir etish;
2. O’quvchilar qalbida tabiatga atrof – muhitga muhabbat uyg’otish;
3. O’quvchilar ongida tabiatni muhofaza etish va u bilan oqilona munosabatni
shakllantirish;
4. Ekologik ta`lim – tarbiyani olishni uzluksiz davom ettirish;
5. Ekologik madaniyatni shakllantirish va takomillashtirish;
6.Xalq pedagogikasida qo’llanilgan tarbiya usullaridan foydalangan holda ekologik
tarbiya berish;
7.Olingan nazariy bilimlarni amalda qo’llash malaka va ko’nikmalarni
shakllantirishdan iborat.
Biz buning uchun atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik darsliklari tarkibiga xalq
og’zaki materiallarini kiritmog’imiz va yoshlarimizni boy ma’naviy merosimiz bilan
qurollantirmog’imiz lozim.
Buyuk pedagoglar ham o’z faoliyati davomida yoshlarga xalq og’zaki ijod
mahsulini o’zi ta’lim beradigan fan mashg’ulotlari jarayonida berib borishgan.Bu orqali
ular yoshlarning ma’naviy merosini boyitgan. Misol tariqasida
K.D.Ushinskiy
o’zining ko’p yillik pedagoglik tajribasida, xususan, 1867-yilda bosilib
chiqqan “Ona tili” kitobida o’quvchilar og’zaki ijodi namunalaridan darsliklarga
www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
Dostları ilə paylaş: |