60 boshlang‘ich yondashuv madaniyat bu barcha jamiyatlarga xos bo‘lgan gomogen
holatdir, degan tasavvurga asoslangan. Jamiyatdagi tafovutlar ularning mohiyati,
mazmunidagi farqlar sifatida emas, balki ayni bir holat - madaniyatning ravnaqi
darajasidagi tafovutlar sifatida talqin etilgan. Yovvoyilikdan sivilizatsiyaga tomon
taraqqiyot o‘lchov mezoni bo‘lib xizmat qilgan. Jamiyat o‘z tasarrufida sivilizatsiyaning
qanchalik ko‘proq belgilariga ega bo‘lsa, u madaniy jihatdan shunchalik ko‘p taraqqiy
etgan deb hisoblangan. Biz E.Teylor asarlarida madaniyatni tushunishga nisbatan
shunday yondashuvning eng yorqin ifodasini uchratamiz. Uning ancha keng tarqalgan
madaniyat ta’rifi madaniyatni bilim, e’tiqod, san’at, axloq, qonunlar, urf-odatlar va
insonning jamiyat a’zosi sifatida orttiradigan boshqa har qanday belgilari va odatlarini
o‘z ichiga oladigan yaxlit kompleks hodisa sifatida ifodalaydi. Lekin bunday nuqtai
nazar bilan kelishish qiyin: sivilizatsiya va madaniyat – bir-biridan ancha farq qiladigan
tushunchalardir. Bir holatni boshqa bir holat orqali baholash mumkin emas, chunki
ushbu har ikkala tushuncha turlicha ma’noli hollarga tegishlidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA XIX asr oxirida F.Boasning antropologik tadqiqotlari boshlanishi bilan
“madaniyat” atamasi turli jamiyatlarga nisbatan ham qo‘llana boshlandi. Madaniyatga
nisbatan qarashlarning bunday modifikatsiyasi tilning qanday ahamiyat kasb eta borishi
jihatidan juda muhim hisoblanadi. Shu vaqtdan boshlab til va madaniyat uzviy
bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi.
A.Vejbitskaya, madaniyatning Klifford Gerts taklif qilgan ayniqsa samarali bir
ta'rifini keltiradi. Unda aytilishicha, madaniyat – bu ramzlarda mujassamlashgan
mohiyatlarning tarixiy jihatdan shakllanadigan modelidir. Bu meros qoldiriladigan
tasavvurlar tizimi bo‘lib, ular yordamida odamlar o‘zaro bir-biri bilan muloqotda
bo‘lishadi va ularning hayot haqidagi bilimlari hamda hayotiy qoidalari shu tasavvurlar
asosida qayd qilinadi va rivoj topadi.
E.Sepir madaniyatni mazkur jamiyatning ish yuritishi va fikrlashi uchun asos
bo‘ladigan narsa sifatida ta'riflagan.
Ishga solingan tarkibiy qismlar, o‘rganish maqsadlari va fan, madaniyatning turli
sohalaridagi tadqiqotchilar mansub bo‘lgan maktablarga qarab madaniyatning mazmuni
va tuzilishi turlicha talqin qilingan.
Madaniyat ta’rifiga nisbatan ijtimoiy yondashuv ushbu holatning tabiat, alohida
shaxs bilan cheklanib qolmaydigan, balki muloqot qilib turadigan odamlar guruhiga xos
bo‘lgan biologik va fiziologik jihatlardan tamomila o‘zgacha holat tarzida ko‘rib
chiqilishiga asoslanadi.
Madaniyat ta’rifiga nisbatan kognitiv yondashuv shundan iboratki, madaniyat
shaxs tomonidan o‘zlashtira borilishi bilan fikriy voqeliklar, tuzilmalar va jarayonlar