«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 1



Yüklə 138,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix26.12.2023
ölçüsü138,16 Kb.
#197931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
hozirgi-zamon-tilshunosligida-til-va-madaniyatning-talqini

64
 
Nimaningdir manzarasini o‘zi uchun tasavvur etish: borliqning o‘zini o‘z oldiga uning 
qay holatda bo‘lsa, shunday holatda qo‘yish va uni har doim shunday tasavvur qilishni 
anglatadi. Lekin bu yerda hozircha bunday manzara mohiyatiga tegishli hal qiluvchi 
ta'rif yo‘q. “Biz nimaningdir manzarasini o‘zimizga tasavvur etdik” degan jumla nafaqat 
bizning borliqni umuman qandaydir tasavvur qilganimizni, balki ushbu borliqning 
bizning tasavvurimizda unga xos bo‘lgan va uni tizim sifatida tashkil etadigan jamiki 
unsurlarning bizning tasavvurimizda namoyon bo‘lishini bildiradi. Ushbu “manzaraning 
tasavvur etilishi” iborasida kompetentlik, butunlik, aniq maqsadga yo‘naltirilganlik 
jaranglaydi... Mohiyatan anglab yetilgan dunyo manzarasi shu taxlitda olamni 
tasvirlaydigan manzarani emas, balki bunday manzara ma'nosida anglab yetilgan 
dunyoni anglatadi... Dunyo manzarasi haqida gap ketadigan joyda umuman borliqqa 
tegishli tub yechim chiqariladi. Borliqning mavjudligini ushbu borliq tasviridan 
izlashadi va topishadi”. 
G.V. Kolshanskiyning qayd qilishicha, “dunyo manzarasi” atamasining o‘zidagi 
“dunyo” tushunchasi aniqlashtirishni talab qiladi. “Dunyo” so‘zi iste'mollariga muvofiq 
dunyo ikki hilda tushuniladi: birinchidan, bu – umuman muayyan keng qamrovli narsa 
tarzida idrok etiladigan, inson boshqa odamlar bilan bir qatorda qamrab olinadigan va 
uni boshqa kishilar bilan birga birlashtiradigan olamdir. Bunda “umuman dunyo” 
qandaydir boshqa olamga qarama-qarshi qo‘yilmaydi. Bu o‘rinda gap dunyo bilan 
alohida munosabat vositasida bog‘langan inson subyektiga qarama-qarshi qo‘yish 
haqida bormoqda. Subyektiv tarzdagi idrok etish so‘zlovchi kishi ongida hosil bo‘lgan 
dunyo manzarasiga muqarrar tarzda ta’sir ko‘rsatadiki, u uning dunyo haqidagi fikrida 
xabar yetkazish predmetiga aylanadi. 
Boshqa tomondan, muqobil dunyolar deb ataladigan olamlar ham mavjud. Bunday 
dunyo borliqning boshqa qiyos keltiriladigan sohalaridan farqlanadigan va faqat unga 
xos qonuniyatlar bilan tavsiflanadigan muayyan sohasidan iborat bo‘lishi mumkin. 
Bu dunyo, odatda, unga qarshi qo‘yilgan dunyolar fonida idrok etiladi. Masalan 
fantaziya dunyosi voqelik olamiga qarama-qarshi qo‘yilgan, bir ijtimoiy olam boshqa 
jamiyat dunyosiga qarama-qarshi qo‘yiladi. L.B.Lebedeva “umuman dunyo” bilan 
“muqobil olam” o‘rtasidagi farq haqida gapirar ekan, A.Vejbitskaya o‘tkazgan 

Yüklə 138,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin