351 yo‘riq ko‘rsatish, maslahatlar berish hamda ular faoliyatini baholash kabi vazifalar
qoladi.
NATIJA Bugungi
kunda
texnologiya
ta’limda
innovatsion
texnologiyalardan
foydalanishga alohida e’tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir:
Birinchidan,
innovatsion
texnologiyalardan
foydalanishda
shaxsni
rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligi.
Ikkinchidan, innovatsion texnologiyalardan foydalanish o‘quv-tarbiya
jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini berishi.
Uchinchidan, innovatsion texnologiyalardan foydalanish o‘qituvchini ta’lim-
tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab samarali natija olgunga qadar bo‘lgan
texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undashi.
To‘rtinchidan, innovatsion texnologiyadan foydalanish yangi vositalar va
axborot usullarini qo‘llashga asoslanganligi sababli, ularning qo‘llanilishi Kadrlar
tayyorlashga qo‘yiladigan zamonaiiy talablarini amalga oshirishni ta’minlashi.
Beshinchidan darslarda innovatsion ta’lim texnologiyalardan foydalanish
o‘qitish jarayonini qiziqarli olib borish, har bir o‘quvchiga individual-kreativ
yondashish imkonini berishi.
XULOSA Har qanday innovatsion texnologiyaning o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llanilishi
shaxsiy harakterdan kelib chiqqan holda, o‘quvchilarni kim o‘qitayotganligi va
o‘qituvchi kimni tarbiyalayotganiga bog‘liq. Innovatsion texnologiya asosida
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar talabalarning muhim hayotiy yutuq va muammolar
shaxsiy munosabatlarini bildirishiga, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga
imkoniyat yaratadi. Shuning uchun ham ta’lim jarayonida o‘quvchilarda kreativ
yondashuvni shakllantirishida innovatsion ta’lim texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati
beqiyosdir[10].
Shu bois ta’lim tizimiga yangi o‘quv dasturlarini joriy etish, o‘qituvchilarning
kasbiy mahoratini oshirish bilan birga innovatsion ta’lim texnologiyalari qo‘llashga
ham muntazam ravishda e’tibor qaratib borish zarur.