326
O’quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish.
Matematika darslarida o’rganiladigan har bir matematik xulosa qat’iylikni talab qiladi, bu
esa o’z navbatida juda ko’p matematik tushuncha va qonuniyatlar bilan ifodalanadi.
O’quvchilar ana shu qonuniyatlarni bosqichma-bosqich o’rganishlari davomida ularning
mantiqiy tafakkur qilishlari rivojlanadi, matematik xulosa chiqarish madaniyatlari
shakllanadi. O’quvchilarni biror matematik qonuniyatni ifoda qilmoqchi bo’lgan fikrlarni
simvolli tilda to’g’ri ifodalay olishlari va aksincha simvolli tilda ifoda qilingan
matematik qonuniyatni o’z ona tillarida ifoda qila olishlariga o’rgatish orqali ularda
matematik madaniyat shakllantiriladi.
3. Matematika o’qitishning amaliy maqsadi o’z oldiga quyidagi vazifalami qo’yadi:
Matematika
kursida
olingan
nazariy
bilimlarni
kundalik
hayotda
uchraydigan
elementar
masalalarni
yechishga
tadbiq
qila
olishga
o’rgatish.
Bunda
asosan
o’quvchilarda
nazariy
bilimlarni
amaliyotga
bog’lay
olish
imkoniyatlarini
tarkib
toptirish,
ularda
turli
sonlar
va
matematik
ifodalar
ustida
amallar
bajarish
malakalarini
shakllantirish
va
ularni
mustahkamlash
uchun
maxsus
tuzilgan
amaliy masalalarni hal qilishga o’rgatiladi.
Dostları ilə paylaş: |