Page 191 Xattusiga kochiradi (Shu voqeadan keyin, davlat rasmiy ravishda Xatti zamonaviy
fanda Xett deb atala boshlanadi). Uning vorisi Mursili I (er. avv. 1625-1590 yillar
atrofida) davrida Xett podsholigida markazlashuv kuchayadi. U Mesopotamiyadan
Finikiyaga boradigan yoldagi asosiy savdo markazi bolgan Shimoliy Suriyadagi
Xalpa shahrini bosib oladi. Mursili I er. avv. 1595-yilda uzoq Bobilga yurish qilib,
Xammurapi sulolasini tugatadi. Ammo mamlakat ichida keskin vaziyat vujudga keladi.
Saroy fitnachilari podsho hokimiyatini kuchayishini istamay, taxt vorisligiga kopgina
davogarlar bolishiga imkoniyat beradigan ananalarni saqlab qolishga urinadilar.
Oqibatda Mursili I saroy fitnasi qurboni boladi. Xett hukmron tabaqalari ichida ozaro
kelishmovchiliklar boshlanadi.
MUHOKAMA Ozaro kelishmovchiliklarga Telepin I (er. avv. 1530-1500 yillar atrofida) chek
qoyadi. Uning davrida faqat podshoning ogli taxtga chiqish huquqiga ega boladi. Agar
podshoning ogillari bolmasa, uning singlisining ogli va eng songgida podshoning
kuyovlari taxtga davogar bolish qoidasi ornatiladi. Taxt vorisligining bunday tartibi
qatiy bolib, zodagonlar kengashi «pankus»ning taxt vorisligi masalasidagi rolini
tugatdi. Ammo qolgan masalalarda «pankus» oz huquqini saqlab qoladi. Pankusning
yuqori pogonasi bolgan «tuliya» hal qiluvchi rol oynaydi. Tuliyaning ruxsatisiz podsho
uning biror-bir azosi bolgan zodagonni qatl qila olmas edi. Agarda tuliyaning ruxsati
bilan uning biror azosiga podsho tomonidan olim jazosi berilgan taqdirda ham podsho
aybdorning oilasini taqib ostiga olish va mol-mulkini musodara qilish huquqidan
mahrum edi. Tadqiqotchilar, bu davrni (er. avv. XVIIII- er. avv. XVI asrlar) qadimgi
Xett podsholigi davri deb hisoblaydilar.