Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix16.02.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#52621
1   2   3   4   5   6   7
ta-lim-tizimida-axborot-kommunikatsiya-texnologiyalaridan-foydalanishning-asosiy-vazifalari

SCIENTIFIC PROGRESS

 

VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 

ISSN: 2181-1601

 

 



Uzbekistan

                              



www.scientificprogress.uz

  

Page 213

 

texnologik  ko‘nikmalar  alohida  emas,  balki  idrok  etish  va  kommunikativ  masalalarni 



hal etish uchun ularni qo‘llash bilan birgalikda shakllantirilishiga e’tibor qaratish zarur. 

 

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA  

AKT  vositalaridan  foydalanish  universal  o‘quv  faoliyatlarini  tartibsiz 

shakllantirishdan maqsadga yo‘nalgan va reja asosida shakllantirishga o‘tishga yordam 

beradi.  Albatta,  universal  o‘quv  faoliyatlarining  shakllanganligini  baholashda  AKT 

keng  qo‘llanilishi  mumkin  (va  kerak).  O‘qituvchilar  va  o‘quvchilar  o‘z  faoliyatlarini 

hamda  natijalarini  rejalashtiradigan,  shuningdek,  qayd  etadigan  axborot-ta’lim  muhiti 

ularni shakllantirish uchun juda muhim ahamiyatga ega. 

AKT  bilimdonligiga  boshlang‘ich  sinflarda  yosh  bo‘yicha  ehtiyojlari  va 

imkoniyatlari doirasida AKT vositalaridan va axborot manbalaridan foydalanib, o‘quv 

masalalarini  hal  qilish  qobiliyati  sifatida  o‘quv  AKT  bilimdonligini  ajratib  ko‘rsatish 

kerak.  Kichik  yoshdagi  o‘quvchining  umumiy  AKT  bilimdonligi  uning  bir  qismi 

hisoblanadi.  Ko‘pchilik  hollarda  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  umumiy  AKT 

bilimdonligi elementlarini ulardan kattalar kundalik hayotlarida va kasbiy faoliyatlarida 

foydalanishlari darajasida o‘zlashtiradilar. 

AKT  savodxonligini  shakllantirish  masalasining  hal  etilishi  faqat  alohida  o‘quv 

fanlari  dasturlarida  emas,  balki,  o‘quv  faoliyatida  mohiyati  jihatidan  bog‘liq  bo‘lgan 

universal bilimdonlikni shakllantirish bo‘yicha dasturlar doirasida qayd etilishi kerak. 

Shaxsiy bilim faoliyatlarida fanlarni o‘zlashtirishda quyidagi: 

• axborotga tanqidiy munosabatda bo‘lish va uni tanlab qabul qilish; 

•  boshqalar  shaxsiy  hayotlari  haqidagi  axborotni  va  axborot  natijalarini  hurmat 

qilish kabi xislatlarni shakllantirishga e’tibor qaratiladi [2]. 

O‘quv faoliyatlarini o‘zlashtirishda quyidagilar ta’minlanadi: 

•  axborot  muhitida  amalga  oshiriladigan  faoliyatlar  sharoitlari,  borishi  va 

natijalarini baholash; 

•  amalga  oshirilgan  faoliyatlarni  o‘quvchilarning  o‘zlari,  uning  o‘rtog‘i  va 

o‘qituvchi tomonidan baholash hamda ularni tuzatish uchun raqamli axborot muhitida 

joylashtirilgan faoliyatlar natijalaridan foydalanish; 

• o‘quvchining o‘qishdagi yutuqlari raqamli portfoliosini yaratish. 

Idrok  etish  universal  o‘quv  fanlarini  o‘zlashtirishda  AKT  umumta’lim  universal 

faoliyatlarida  muhim  rol  o‘ynaydi  va  pedagog-mutaxassislarning  asosiy  vazifalari 

quyidagilar:  o‘quvchining  individual  axborot  arxivlarida,  ta’lim  muassasasi  axborot 

muhitida,  axborot  ta’lim  resurslari  mintaqaviy  zahiralarida  axborot  izlashni  o‘rgatish; 

atrof-olam  va  ta’lim  jarayoni  haqida  axborotlarni  qayd  etish  (yozib  olish),  jumladan, 

audio  va  video  yordamida  (o‘quvchilarning  ishlarini  va  boshqalar)ni  yozib  olish, 

raqamlashtirishni o‘rgatish; bilimlarni tizimlashtirish, ularni tashkil etish va konseptual 

diagrammalar, xaritalar, davr yo‘nalishlari va genealogik daraxtlar ko‘rinishida taqdim 




Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin