www.scientificprogress.uz
Page 128
Nimeta tizimi. Bu kichik va o’rta mehmonxonalar uchun mo’ljallangan nisbatan
yangi maxsuldir. Nimeta tizima Internet-texnoligiyalari vositasida mehmonxonani
boshqarish tizimini ijaraga olish va undan foydalanish imkonini beradi. Bu
texnologiyaning ish prinsipi shundan iboratki, mehmonxona haqidagi barcha
ma’lumotlar va mehmonxonani boshqarish tizimining dasturi mehmonxonadan
tashqarida, buning uchun maxsus ajratilgan serverda joylashgan boladi. Mazkur server
Internet-provayderining jixozlangan servis-markazida bo'ladi. Shunday qilib, Nimeta
tizimini ulash va undan foydalanish uchun kompyuterga ega bolish va Internetga
chiqish kifoyadir. Mehmonxonalarni kompyuterlashtirishning boshqa tizimlari ham juda
ko’p. Amalda barcha tizimlar taxminan bir hil funksiyalar va imkoniyatlar to’plamiga
ega bo’lib, ular o’rtasidagi farq juda ahamiyatsizdir.
AMADEUS -Bronlash bilan shug’ullanadigan eng mashhur kompyuter tizimidir.
U boshqa izimlarga qaraganda ko’proq miqdirda xalqaro xizmarlar ko’rsatishga qodir.
“AMADEUS” Hotels tizimi yer yuzidagi 35000 mehmonxona va boshqa joylashtirish
vositalari haqida aniq ma’lumotlarni taklif qiladi. U mehmonxonaning joylashgan
manzili, bo’sh o’rinlarning mavjudligi, ko’rsatiladigan xizmatlar to’plami va narxlar
xaqida ma’lumotlar beradi. Mehmonxona xizmatlarini bronlash bo’limlari Internet
tarmog’ida ham mavjud. Ularning eng mashhuri Travel Webdir. U 19996 yilda
AQSHning “Pedasus Sestems” kompyuter kompaniyasi tomonidan ochilgan. Trravel
Web jahonning 94 mamlakati, barcha yetakchi mehmonxona tarmoqlari va 200 dan
ortiq aviakompaniya haqida axborot beradi [13-30]. Bronlashdan tashqari, u ma’qul
mehmonxonalar va aviareyslarni qidirish tizimiga ham ega.
Dostları ilə paylaş: |