20
Muomala jarayonida vujudga keladigan muammolarni
bartaraf etish usullari
SHaxslararo
munosabatlarga
kirishish
jarayonining
samaradorligini
tahminlash va oʻzaro foydali dialogni olib borish uchun kommunikativ jarayonlar
asosida yotuvchi qonuniyatlarni hisobga olish lozim boʻladi. Har qanday shaxslararo
munosabatlar asosida yotuvchi omillar – psixologik (emotsional) aloqa, deb
ataluvchi keng qamrovli tushunchani tashkil etadi. G. M.
Andreevaning fikricha,
ijtimoiy rolg’ - bu aniq bir shaxsning ijtimoiy munosabatlarda egallaydigan oʻrnidir.
Bu mahlum bir pozitsiyani egallaydigan har qanday kishidan kutiladigan mehyoriy
jihatdan maqbul xulq-atvor namunasidir.
SHunday qilib, ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi har qanday kishi mahlum
hayotiy shart-sharoitlarda, vaziyatlarda uning uchun jamiyat tomonidan belgilab
qoʻyilgan ijtimoiy rolni bajaradi.
Rolli munosabatlar ijtimoiy rolg’ talabidan kelib chiqsa-da,
uning shaxs
tomonidan ijro etilishi uslubiga koʻra alohida oʻziga xos boʻyoqqa ega boʻladi.
Ushbu ijro uslubi har bir shaxsning individual xususiyatlari, nutqiy malakasi,
axloqiy sifatlari, xarakterologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oʻziga xos
«imkoniyatlar kengligi»ni tashkil etadi va kommunikativ
jarayonlar rivojiga ijobiy
yoki salbiy tahsir koʻrsatadi.
Rolli xulq-atvor qoidalarining buzilishi, mahlum kommunikativ vaziyatlarda
oʻzlariga xos boʻlmagan xulq-atvorni namoyon etishlari atrofdagilar ulardan
kutadigan xatti-harakatlarga toʻgʻri kelmay qoladi va shaxslararo munosabatlarning
keyingi rivojiga salbiy tahsir koʻrsatadi, muomaladagi sherik bilan oʻzaro
tushunmovchiliklarga va hatto ochiq ziddiyatlarga olib keladi.
Bundan tashqari, rolli munosabatlarga muomaladagi sheriklar tomonidan bu
rolni individual ijro etish uslubiga xos boʻlgan ijtimoiy mavqe (status) lari ham
muhim tahsir koʻrsatadi. Kishining ijtimoiy mavqei uning egallagan lavozimi,
professional
tajribasi, obroʻsi, koʻrsatgan shaxsiy xizmatlari, yoshi va boshqalar
21
asosida belgilanadi. Muomala jarayonida kishilarning ijtimoiy mavqelarini hisobga
olmaslik ziddiyatli va samarasiz dialoglarga sabab boʻladi.
Yuqori darajadagi «oʻz-oʻziga baho»ga ega boʻlgan shaxslar muomalada
yuzaga kelgan vaziyatni oʻz «Men - kontseptsiya»lariga xavf sifatida baholashlari
natijasida ziddiyatli munosabatlarga moyil boʻladilar.
Bunday vaziyatlarda
dialogning konstruktiv munozaralaridan bir-birining shaxsiy sifatlari tanqididek
samarasiz yoʻlga oʻtishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Dialog qatnashchilarining bunday
bir-biriga boʻlgan oʻzaro nosamiymiy munosabatlari umumiy mantiqiy toʻgʻri
qarorga kelishga toʻsqinlik yaratadi va turli kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi.
Mazkur kelishmovchiliklar ijtimoiy psixologiyada «kelisholmaslik simulyatsiyasi»,
deb yuritiladi.
Amaliyot shuni koʻrsatadiki, bunday holatlarda nima boʻlganda ham oʻz
nuqtai – nazarini oʻtkazish, muomaladagi sherikni bunga koʻndirishga asoslangan
tashqi ustunlik holatidan voz kechish eng samarali yoʻl hisoblanadi.
Mahlumki, shaxslararo kommunikatsiyaning asosiy vazifasi kishilar orasidagi
oʻzaro axborot almashinuvidir. Kishilarning oʻzaro axborot almashinuvi verbal va
noverbal vositalar orqali amalga oshiriladi.
Nutqda kishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, uning tafakkuri,
yoʻnalganligi aks etadi. Nutq doimo motivlashgandir. Soʻz va iboralardagi maqsad
va motivlarning aniqlanishi insonlarning fikr-oʻylari, hatti –harakati, qilmishlarini
tushunishga yordam beradi. Koʻpincha: Nima uchun u menga bunday dedi? –
degan
savolga javob topish muloqotdagi sherikning haqiqiy maqsadini tushunishga imkon
yaratadi.
Psixologiyada
nutq ichki va tashqi nutqqa ajratiladi. Ichki nutq nafaqat
kishining «oʻz-oʻziga aytgan soʻzi» balki uning fikrlari va nutqi oraligʻida kechuvchi
murakkab tayyorgarlik jarayonidir. A.R.Luriya tahkidlashicha, ogʻzaki nutqning
eng sodda koʻrinishi affektiv nutqdir. Affektiv nutq alohida
hayajonli iboralar va
nutq shtamplaridan iborat boʻladi. Bunday nutqning yuzaga kelishiga soʻzlovchining
affektiv holati sabab boʻlib, koʻpincha unda aniq maqsad va ongli motiv boʻlmaydi.
22
SHuning uchun affektiv boʻyoq berilgan nutqni tahlil qilib, soʻzlovchining
psixik holatiga, suhbatdoshiga boʻlgan emotsional munosabatiga, qoʻrquv holati va
suhbat predmetiga boʻlgan munosabatiga baho berish mumkin. Ayrim hollarda
bunday nutq simulyativ (yolgʻondakam) xarakterga ega boʻlishi ham mumkin.
Nutqiy xatti-harakatlarni noverbal vositalar muhim darajada toʻldiradi. Ularga
jestlar, mimika, tana holatlari- pozalar, turli nutq vokallashtiruvchi vositalar (ovoz
sifati, uning diapazoni, tonalligi), nutq maromi, pauzalar, yigʻi, kulgu, yoʻtalish va
hokazolar kiradi.
Ayrim mualliflar fikricha, noverbal vositalar yordamida 55-60 (va
undan
koʻproq) foiz axborotlar yetkaziladi. Noverbal vositalar orasida koʻz kontakti (vizual
kontakt) sheriklar orasidagi dialog jarayonida muhim oʻrin tutadi. Nigoh yordamida
diqqatni, mahqullash yoki mahqullamaslikni, emotsional holatni, suhbat
qatnashchilarining dialogik birligida iboralarning boshlanishi yoki tugaganligi aks
ettiriladi.