25
1. A B. A tomon B tomonga oʻtadi va B joyida qoladi.
Munosabatlarning bu turi B nuqtai nazaridan qaraganda raqobat deb ataladi.
2. A B. A tomon joyida qoladi, B tomon esa A tomoniga oʻtadi. B nuqtai
nazaridan qaraganda bu xil munosabat yon berish deb ataladi.
3. A B. A ham B ham bir-birlarining tomoniga oʻtishmaydi va oʻz joylarida
qolishadi, bu xil munosabat passivlik, yahni masalani hal etishdan qochish deyiladi.
4. A B. Toʻrtinchi munosabat tipi kompramist deb ataladi. Bizning
misolimizda olimpiada 3-bir maktabda oʻtkazilishi taklif etiladi.
5. A B. Bu munosabat turi hamkorlik deb ataladi. Va bunda muammo ikkala
tomonning manfaatlari hisobga olingan holda hal etiladi. Yahni olimpiadaning bir
kuni bir maktabda, ikkinchi kuni esa ikkinchi maktabda oʻtadi. Bu holda ikkala
tomonning qiziqishlari qondiriladi. Va hech qaysi tomon oʻzini kamsitilgan deb his
etmaydi.
Bu mashq xulosasiga koʻra, muloqotning hamkorlik uslubi eng samarali va
konstruktiv boʻlib hisoblanadi.
Mashgʻulotning ikkinchi yarmi nizoli vaziyatlarni hal tishga qaratilgan boʻlib,
oʻquvchilardan biron-bir nizoli, muammoli vaziyatni aytish soʻraladi. Ushbu nizoli
vaziyatning turli yechimlari oʻquvchilardan soʻraladi va har bir taklif etilayotgan
variant biron munosabat turiga taalluqli deb topiladi. Odatda, muammoli vaziyat
yechimlaridan hamkorlikka taalluqli boʻlgan variant nizoni hal etishdagi konstruktiv
yoʻl boʻlib hisoblanadi. Bir necha nizoli vaziyatlarni taxlil etish orqali
oʻquvchilardan ushbu xulosa mustahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: