See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/37
tarix14.03.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#87850
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Trening ma\'lumoti

5. Siz uchrashishni kelishib olgan odamingiz 30 minutga kechikdi, uning kechikish 
sababini tushuntiruvchi hech qanday izoh bermaganligi Sizni ranjitdi. Siz bunday 
vaziyatlarda odatda: 
a) «Meni shuncha kutdirganinggiz uchun sizdan xafaman» - deysiz. 
b) «Qachon kelar ekansiz, deb Sizni rosa kutdim» - deysiz. 
v) «Oxirgi marta oʻzimni Sizni kutishga majbur qildim» - deysiz. 
g) Unga hech narsa demaysiz. 
d) «Siz vahda bergan edingizku, nimaga kechikdingiz!» - deysiz. 
6. Kimningdir Siz uchun nimadir qilishini xoxlaysiz. Siz bunday vaziyatlarda odatda: 
a) Hech kimdan hech narsa soʻramaysiz. 


54 
b) «Men uchun bu ishni bajarishingiz kerak» - deysiz. 
v) «Siz men uchun bu ishni bajara olmaysizmi» - deysiz va keyin gap nimadaligini 
tushuntirasiz. 
g) Sizga bu odamning xizmati zarurligiga ishora qilasiz. 
d) «Siz men uchun bu ishni bajarishingizni xoxlayman» - deysiz. 
7. Siz kimningdir xafa ekanligini sezdingiz. Siz bunday vaziyatlarda odatda: 
a) «Xafa koʻrinasiz, men Sizga qanday yordam berishim mumkin» - deysiz. 
b) Bu odam yonida uning bu holati haqida soʻz ochmaysiz. 
v) «Biror falokat yuz berdimi?» - deb soʻraysiz. 
g) Hech narsa demaysiz va uni yolgʻiz qoldirasiz. 
d) «Yosh bolaga oʻxshamang» - deysiz, kulib. 
8. Siz biror narsadan xafasiz. Kimdir Sizga «Nimadandir xafa koʻrinasiz» - deydi. Siz 
bunday vaziyatlarda odatda: 
a) «Yoʻq» deganday boshingizni qimirlatasiz va hech qanday javob bermaysiz. 
b) «Bu sizning ishingiz emas» - deysiz. 
v) «Ha men ozroq xafaman. Hamdardligingiz uchun rahmat» - deysiz. 
g) «Hechqisi yoʻq» - deysiz. 
d) «Ha, xafaman, meni yolgʻiz qoldiring» - deysiz. 
9. Kimdir Sizni boshqalar qilgan xato uchun tergaydi. Siz bunday vaziyatlarda odatda: 
a) «Aqldan ozganmisiz!» - deysiz. 
b) «Bu mening xatoyim emas, bu xatoni boshqalar qildi» - deysiz. 
v) «Bu mening xatoyim emas, deb oʻylayman» - deysiz.
g) «Meni tinch qoʻying, Siz nima deyotganinggizni bilmaysiz» - deysiz. 
d) Xatoingizni tan olasiz yoki hech narsa demaysiz. 
10. Kimdir Sizdan nimadir qilishingizni soʻraydi, ammo, buni nima uchun qilishingiz 
kerakligini tushunmaysiz. Siz bunday vaziyatlarda odatda: 
a) «Bundan hech qanaqa mahno yoʻq, men bu ishni qilishni xoxlamayman» - 
deysiz. 
b) Iltimosni bajarasiz va hech narsa demaysiz. 
v) «Bu behmanilik, men bu ishni qilishni xayolimga ham keltirmayman» - deysiz. 


55 
g) Iltimosni bajarishdan oldin «Tushuntirib beringchi, nima uchun bu ishni 
bajarishim lozim» - deysiz. 
d) «Siz shuni xoxlar ekansiz …» - deysiz va soʻngra iltimosni bajarasiz. 
11. Kimdir uning nazarida Siz bajargan ish tahsinga loyiq ekanligini aytadi. Siz bunday 
vaziyatlarda odatda: 
a) «Ha men bu ishni koʻpchilikka qaraganda yaxshiroq bajaraman» - deysiz.
b) «Yoʻq, bu unchalik qoyilmaqom ish emas» - deysiz. 
v) «Toʻgʻri, men bu ishni hammadan koʻra yaxshi eplayman» - deysiz. 
g) «Rahmat» - deysiz. 
d) Oʻzingizni hech narsa eshitmagandek tutasiz va javob bermaysiz. 
12. Kimdir Siz bilan gʻoyatda xushmuomala munosabatda boʻldi. Siz bunday 
vaziyatlarda odatda: 
a) «Siz haqiqatan ham menga nisbatan gʻoyatda xushtakalluf munosabatda 
boʻldingiz» - deysiz. 
b) Oʻzingizni bu odam siz bilan judayam xushmuomalada boʻlmagandek tutasiz va 
«Rahmat» - deysiz. 
v) «Siz menga nisbatan oʻzingizni, umuman, yaxshi tutdingiz, ammo men bundan 
ham koʻprogʻiga loyiqman» - deysiz. 
g) Ehtibor bermaysiz va hech nima demaysiz. 
d) «Siz menga nisbatan oʻzingizni yetarli darajada yaxshi tutmadingiz» - deysiz. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin