See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   224
30 06 2022 . (1)

To‘lov balansi
– mamlakat rezidentlari (uy 


600 
xo‗jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o‗rtasida 
ma‘lum vaqt oralig‗ida (odatda, bir yilda) amalga oshirilgan 
barcha iqtisodiy bitimlar natijasining tartiblashtirilgan yozuvi. 
To‗lov balansidagi barcha bitimlar o‗z ichiga joriy va kapital 
bilan operatsiyalarni olishi sababli u uchta tarkibiy qismdan iborat 
bo‗ladi: 

joriy operatsiyalar hisobi: 

kapital harakati hisobi: 

rasmiy zaxiralarning o‗zgarishi. 
Mamlakatning tashqi to‗lov balansi mazkur davlatning chet 
ellik sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarining holatini 
ifodalab, uning kredit-pul, valyuta, byudjet-soliq, tashqi savdo 
siyosatini amalga oshirish va davlat qarzlarini tartibga solishi 
uchun indikator bo‗lib xizmat qiladi. 
To‗lov balansining taqchilligi Markaziy bank rasmiy 
zaxiralarini qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. 
Rasmiy zaxiralarning asosiylari quyidagilar: 

chet el valyutalari; 

oltin;
 

mamlakatning XVFdagi kredit ulushi;
 

qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va h.k.
 
Balans 
taqchilligi 
rasmiy 
zaxiralar 
hisobiga 
moliyalashtirilganda, ichki bozorda chet el valyutalari taklifi 
ortadi, milliy valyutalar taklifi esa nisbatan kamayadi va uning 
ayirboshlash kursi nisbatan o‗sib milliy iqtisodiyotga inqirozli 
ta‘sir ko‗rsatadi. Aksincha, to‗lov balansining aktiv qoldig‗i 
Markaziy bank rasmiy valyuta zaxiralarining o‗sishi bilan birga 
borganda ichki bozorda chet el valyutalari taklifini kamaytiradi, 
milliy valyuta taklifi esa nisbatan ortadi va uning ayriboshlash 
kursi pasayib, iqtisodiyotga rag‗batlantiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi. 


601 
Markaziy bank tomonidan chet el valyutalarining bunday 
sotilishi va sotib olinishi rasmiy zaxiralar bilan operatsiyalar 
deyiladi. Rasmiy zaxiralar bilan operatsiyalar natijasida joriy 
hisobdagi qoldiq summasi, kapital harakati hisobi va zaxiralar 
miqdorining o‗zgarishi «nol»ni tashkil qilishi zarur. 
Mamlakat uzoq davr davomida joriy operatsiyalar bo‗yicha 
taqchillikni bartaraf etishni kechiktirishi va o‗zining rasmiy 
valyuta ehtiyojlarini to‗liq sarflashi natijasida to‗lov balansi 
inqirozi kelib chiqadi. Mamlakat tashqi qarzlarni to‗lash holatida 
bo‗lmaganligi sababli, chet eldan kreditlash imkoniyati mavjud 
bo‗lmaydi. 
Iqtisodiyot subyektlarining davlat va Markaziy bank 
siyosatiga 
ishonchsizligi 
to‗lov 
balansi 
inqirozini 
chuqurlashtiruvchi 
omil 
hisoblanadi. 
Milliy 
valyuta 
qadrsizlanishining kutilishi chet el valyutalariga chayqovchilikka 
qaratilgan talabni rag‗batlantiradi. Bu Markaziy bankning milliy 
valyuta qadrsizlanishining oldini olishga qaratilgan harakatini 
ancha qiyinlashtiradi, chunki uning rasmiy valyuta ehtiyojlari bir 
vaqtda to‗lov balansining taqchilligini moliyalashtirish va chet el 
valyutalariga o‗sib boruvchi chayqovchilik talabini qondirish 
uchun yetarli bo‗lmay qoladi. Bunday holda valyutalarning, 
«xufyona bozori» vujudga kelib, rivojlana boshlaydi. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin