674
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash –
ishlab chiqarishni
zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma‘naviy jihatdan
yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi
chora-tadbirlarni o‗z ichiga oluvchi jarayon.
Iqtisodiyotning real sektori –
iqtisodiyotning bevosita
moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‗rsatish bilan
bog‗liq sohasi bo‗lib, u o‗z ichiga sanoat, qishloq xo‗jaligi,
qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi.
Iqtisodiy o‗sish –
real yalpi ichki mahsulot umumiy
hajmining yoki aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan real yalpi ichki
mahsulotning o‗sishi.
Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi
– ma‘muriyat va
personal tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy, tashkiliy-
iqtisodiy va injener-texnik chora-tadbirlar tizimi tufayli vujudga
keltirilgan hayotiy muhim iqtisodiy manfaatlarning ichki va tashqi
xavf-xatarlardan himoyalanganlik holati.
Dostları ilə paylaş: