UNING MOHIYATI VA TARKIBIY ELEMENTLARI
1.1-§. Iqtisodiy xavfsizlik fanining predmeti va vazifalari
Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot nazariyasi fanining sintetik
kategoriyasi bo‗lib, iqtisodiy mustaqillik va qaramlik, barqarorlik
hamda bog‗liqlik, iqtisodiy bosim, majburlash, agressiya, iqtisodiy
suverenitet va h.k. tushunchalar bilan bog‗liq bo‗lib hisoblanadi.
Mamlakat, davlat xavfsizligi, shuningdek, ularning tarkibiy
qismlari bo‗lgan hudud, korxona (tashkilot), alohida olingan shaxs
xavfsizligini ta‘minlash muammosi hozirgi davrda muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Ammo xavfsizlik masalasi insoniyat
paydo bo‗lgan barcha davrlarda mavjud bo‗lgan. Iqtisodiy
xavfsizlik iqtisodiy kategoriya sifatida davlatchilik shakllangan
hamda jamiyat o‗z manfaatlarini anglab yetgan davrlardan paydo
bo‗la boshlagan.
Iqtisodiy xavfsizlik – zamonaviy fanlardan biri bo‗lib,
iqtisodiy xavfsizlik tizimi qonunlari, qonuniyatlari, tamoyillari,
omillari va shu bilan birga, tizim elementlari bo‗lgan iqtisodiy
xavfsizlikning metodlari hamda mexanizmlarini o‗rganuvchi va
tadqiq
qiluvchi
fan
hisoblanadi.
Iqtisodiy
xavfsizlik
kategoriyasining
mazmunini
tushinish
uchun
―xavfsizlik‖
tushunchasining mazmunini aniqlash lozim.
―Xavfsizlik‖ tushinchasi ijtimoiy organizmning hayotiy
muhim manfaatlarini, uning tuzilmasini tashqi va ichki negativ
omillardan himoyalanganlik holati hamda uni rivojlanish
tendensiyasi tushuniladi. Hayotiy muhim manfaatlar – bu yalpi
talab bo‗lib, uni qondirilishi davlat va uning hududlarini,
jamiyatni, xo‗jalik subyektlarini, shaxsni barqaror mavjud
bo‗lishini hamda ularni progressiv rivojlanishini ta‘minlaydi.
9
Ushbu ta‘rif ―xavfsizlik‖ tushunchasi mazmunini to‗la ifoda
etib, unda obyektga hech qanday tahdid yo‗q, uning mustaqilligi,
yaxlitligi ta‘minlangan va mavjud turli xavf-xatarlardan,
tahdidlardan himoyalangan holati deb baholash mumkin. Har
qanday obyektning xavfsizligi – bu uning oldida turgan
muammolarni hal eta olishi, agarda kutilmagan holatlarda xavf-
xatar, tahdidlar paydo bo‗lsa, ulardan himoyalanishi va o‗zining
to‗la ishchanlik holatini tiklay olishi tushuniladi.
Xavfsizlikka intilish har qanday biologik tizimlarga xos
bo‗lgan xususiyat bo‗lib hisoblanadi. Biroq faqatgina insonlargina
xavf-xatarlarning tavsifini tadqiq etish asosida tahdidlardan
himoyalanadigan, ularni yo‗qqa chiqaradigan yo‗nalishlarni, kerak
bo‗lsa, ularni to‗la bartaraf etadigan mehnat jarayoni bilan bog‗liq
bo‗lgan yangi mexanizmlarini tashkil etish orqali mehnat
faoliyatining mos shakllari va metodlarini tanlashi mumkin.
Insonlarni xavfsizligini ta‘minlash mexanizmi (tahdidlarga
bo‗lgan munosabat va undan himoyalanish chora-tadbirlari)
ijtimoiy va biologik individlarni bir-biridan farqlovchi asosiy
mezon bo‗lib, jamiyatda xavfsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy hodisa
sifatida uning mazmunini ochib beradi. Ijtimoiy tafakkurda
xavfsizlikka intilish uni ijtimoiy-iqtisodiy hodisaga aylantiradi.
Xavfsizlik asosida mehnat faoliyati yotadi, uning hisobiga jamiyat
mavjud bo‗ladi, o‗zgaradi va rivojlanadi.
Biroq xavfsizlik ijtimoiy, shu bilan birga, iqtisodiy omillarga
tayanadi, ya‘ni mehnat mahsulotlarini yaratish va uning harakati
bilan bog‗liq bo‗ladi. Xavfsizlikni ta‘minlashda ijtimoiy va
iqtisodiy omillarning o‗zaro bog‗liqligi, xavfsizlikni jamiyatda
zaruriy ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida ifoda etadi. Shu nuqtayi
nazardan ham ―Iqtisodiy xavfsizlik‖ fani xavfsizlikni o‗rganadi.
|