Seminar masg`ulot mavzusini tayyorladi: Bo`riboyev Alisher Yunusovich


-modda. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/31
tarix30.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#151306
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Seminar -1 JTN

21-modda. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi litsenziya yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganidan 
keyin beriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Litsenziya berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini 
to‘xtatib turish, shuningdek litsenziyani bekor qilish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga 
murojaat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) 
22-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi Davlat inspeksiyasi tomonidan 
attestatsiya asosida amalga oshiriladi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi besh yilda bir marta amalga 
oshiriladi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasini amalga oshirish tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
23-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishning majburiyligi 
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari: 
shaharlar, shaharchalar va boshqa aholi punktlari tashkil etilganda; 
turar joy majmualari qurilganda; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
tegishli hududda maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning qonunchilikda belgilangan 
cheklangan soni oshganda majburiy tartibda tashkil etiladi. 
(23-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Bir nechta ko‘p kvartirali uydan yoki yakka tartibdagi uylar guruhlaridan iborat bo‘lgan yangi 
turar joy majmualarini loyihalashtirish va qurishda ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarida yoxud 
alohida bino tarzida har bir ikki yuzta kvartira yoki yakka tartibdagi uylar uchun kamida ellikta o‘rindan 
kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud bo‘lishi shartligi nazarda tutiladi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin