Seminar mashg’uloti-1 Mavzu: Tarmoqda ta’lim resurslarini yaratish. Ishning maqsadi



Yüklə 23,28 Kb.
tarix15.10.2023
ölçüsü23,28 Kb.
#155942
1-Seminar mashg\'ulot



Seminar mashg’uloti-1

Mavzu: Tarmoqda ta’lim resurslarini yaratish.




Ishning maqsadi: Elektron ta’lim resurs yaratish xaqida tushunchalar va
yaratish uchun kerak bo‘ladigan texnik kurilmalar, kompyuterlarda elektron ta’lim
resurs yaratish uchun zaruriy dasturiy taminot bilan tanishish kabi tushunchalarga
ega bo‘lish. Instrumental tizimlardan foydalanib o‘z o‘quv predmeti bo‘yicha
elektron ta’lim resurslarini yaratiщni o‘rganish.
Amaliy tajriba ishini bajarishda zaruriy vositalar va axborot manbalari
ta’minoti:
- Har bir tinglovchi uchun ishchi kompyuter;
- Courselab dasturi
I. ASOSIY NAZARIY QISM
1. Elektron ta’lim resurslari haqida. Insoniyat faoliyatining aksariyat
jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez o‘zgaruvchan
dinamik turi bo‘lgan ta’lim ham ushbu jaraѐndan chetda qolmadi. Bu holatda
kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e’tiborini tortish, qiziqtirish uchun
ma’lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish
mumkinligi to‘g‘risida savol tug‘iladi.
Multimedia texnologiyalari (multi – ko‘p, media – muhit) – bir vaqtning
o‘zida ma’lumot taqdim etishning bir nechta usullaridan foydalanishga imkon beradi
: matn, tasvir, audio va video.
Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaollik – axborot
muhiti ishlashida foydalanuvchi ta’sir o‘tkaza olishga qodirligi xisoblanadi.
So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy maxsulotlar yaratildi
va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqa.
Multimediali elektron ta’lim resurslarini yaratish muallifning mahorati,
tajribasi va fantaziyasiga bog‘liq.
Multimediali elektron ta’lim resurslarini yaratishning usullarini shartli
ravishda ikki qismga ajratish mumkin.
- Dasturlash tillaridan foydalangan holda (ko‘p mehnat talab
qilinadi)
- Instrumental tizimlardan foydalanish.
2. Courselab dasturi imkoniyatlari. Elektron o‘quv kurslari
taxrirlagichi CourseLab imkoniyatlari.
Boshlang‘ich shartlar
CourseLab - bu kuchli va shu bilan birga foydalanuvchiga oddiy bo‘lgan,
internet tarmog‘ida masofaviy ta’lim ta’lim tizimida, kompakt disk ѐki boshqa tashuvchilarda foydalanishga mo‘ljallangan interaktiv o‘quv materiallari (elektron kurslar) ni yaratish vositasidir.
CourseLabning imkoniyatlari:
 WYSIWYG – prinsipi asosida o‘quv materiallarini yaratish va taxrirlash,
―’’Nima ko‘rsangiz natija shunday bo‘ladi'';
 O‘quv materiali muallifidan ingliz ѐki qanakadir bir dasturlash tilini bilish
talab qilinmaydi;
 Ob’ektli ѐndoshish – amalda har qanday murakkab bo‘lgan o‘quv
materiallarini bolalar kubiklaridek oson tuzishga imkon yaratadi;
 Ssenariylardan foydalanish murakkab ko‘p ob’ektli o‘zaro bog‘likliklarni
ancha soddalashtirish imkonini beradi;
 Mexanizm o‘z ichiga test tuzishni ham oladi;
 Foydalanuvchi tomonidan yaratilgan ochiq kodli interfeys va shablonlar
kutubxonasini oson kengaytirishga imkon beradi;
 Kursga Macromedia® Flash®, Shockwave®, Java®, turli xil formatdagi
videolardan iborat bo‘lgan har qanday Rich-mediani kiritish imkoniyatining borligi;
 Tovushni baravar birga olib borilishini kiritish va sinxronizatsiyalash oddiy
mexanizmining mavjudligi;
 Microsoft® PowerPoint® formatidagi taqdimotli o‘quv materialini import
qilish imkoniyati;
 Xarakatlarni tavsiflashning oddiy tili;
 Tahrirlagich tajribali foydalanuvchining to‘g‘ridan to‘g‘ri JavaScript ning
qo‘shimcha imkoniyatlaridan foydalanishni taqdim qiladi;
 Elektron o‘quv kursini namoyish qilishda JavaScript ning mavjudligini talab
qilmaydi.
Websoft CourseLab masofaviy ta’limda qanday o‘rin egallaydi?
Elektron o‘quv kursi boshidan ohirigacha Websoft CourseLab tahrirlagichida ishlab
chiqilishi mumkin. Tayѐr o‘quv kursi kursning tuzilmasi haqidagi ma’lumotlar
saqlanadigan mahsus fayllar yaratish ѐrdamida masofaviy ta’lim tizimida import
qilinishi mumkin.
Yangi loyihani yaratish fayl menyusi ѐrdamida ѐki bosh sahifadan yangi loyiha
oynasini ochish orqali amalga oshiriladi. Fayl menyusi orqali Fayl – >Sozdat –
>Kurs
Yangi loyiha oynasida loyiha nomi, shablonlarini tanlash va qaerga
saqlanishini ko‘rsatish kerak.
Biz kerakli oynalarga ma’lumotlarni kiritamiz va Dalee tugmasini bosamiz.
Natijada oyna hosil bo‘ladi.
Bu oynada ma’qul topilgan shablon olinadi Dalee tugmasini bosamiz va
oyna ochiladi. Ochilgan oynada loyihaning xususiyatlari ko‘rsatiladi, Gotovo
tugmasini bosamiz.
Avvalo biz yarataѐtgandasturimizning ―''master'' ini tayѐrlaymiz.
Ssenariy asosida tayѐrlangan ob’ektlarni va dastur qismi ko‘rsatilgan oynaga
kiritamiz va shu faylda saqlanadi. O‘quv materiali kiritiladi va taxrirlanadi. Ayrim
dialog va interaktiv mashqlarni bajarish uchun maxsus algoritm tuziladi.
Courselab tizimida tayѐrlangan kursni MOODLE tizimiga o‘rnatish mumkin
(CDO formatida).
Kurs formatini berish Dasturiy ta’minotni yaratishda qo‘llanilgan tizimda
quyidagi imkoniyatlar jamlangan: o‘quv materiallarini yaratish va taxrirlash, nima
ko‘rinsa, natijada shunga ega bo‘ladi; O‘quv materiali muallifidan bir dasturlash tili talab qilinmaydi; ob’ektli ѐndoshish – amalda har qanday murakkab bo‘lgan o‘quv materiallarini bolalar kubikidek oson tuzishga imkon yaratadi;
Courselab instrumental tizimi asosida o‘quv-metodik majmualarni yaratish qulay va maqsadga muvofiqdir. Ta’lim jaraѐnini individuallashtirish va differensiyalash, talabaning o‘quv faoliyatini o‘zi nazorat qilishini to‘g‘ri yo‘naltirish, kompyuterning xisoblash imkoniyatlaridan foydalanish tufayli o‘quv vaqtini tejash, o‘quv materiallarini vizuallashtirish, hodisa va jaraѐnlarni modellashtirish, ularni imitatsiya qilishi, turli pedagogik vaziyatlarda optimal qaror qabul qilish malakasini shakllantirish kabi imkoniyatlarni beradi.
Tahrirlash oynasi. «Yangi kurs» masturi tugallanishi bilan tahrirlash oynasi
quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Tahrirlash oynasi Tahrirlash oynasi har biri muayyan topshiriqni bajarish uchun xizmat qiladigan panellarga bo‘lingan.
«Kurs» paneli
Tahrirlash oynasining chap tomonida «Kurs» paneli joylashgan. «Kurs»
panelida o‘quv kursining mundarijasi ko‘rsatiladi. O‘quv kursi masofaviy ta’lim
tizimida ochilganda huddi shu mundarija ko‘rinadi.
Mundarija kurs nomi, bo‘limlar va modullar nomlaridan tuzilgan bo‘ladi.
«Kurs» panelidagi kontekstli menyudan modul hosil qilish masturini ishga tushirish,
yangi bo‘lim hosil qilish, mundarija elementlarini nomlash va ochish mumkin.
4. Courselab dasturida elektron ta’lim resurslarini yaratish
Yangi o‘quv kursi hosil qilish.
CourseLab dasturi ishga tushiriladi. «Sozdat novыx kurs» («yangi kurs
yaratish») murojaati tanlanadi
Masterning keyingi oynasi:
Kurs nomi beriladi,
Kurs papkasi nomi beriladi,
Papka hosil bo‘lish joyi tanlanadi va «Dalee» («keyingi» ) tugmasi bosiladi.
Masterning keyingi sahifasi :
Birinchi modul nomi kiritiladi,
 uning uchun bezak shablon kiritiladi va «Dalee» tugmasi bosiladi.
Kurs nomi, kurs papkasi nomi beriladi, papka hosil bo‘lish joyi tanlanadi.
Amalda kurs bitta modul bilan yaratiladi. Birinchi modul nomi kiritiladi, uning
uchun bezak shablon tanlanadi. Hosil qilingan kursga qancha zarur bo‘lsa shuncha
modul qo‘shish mumkin.
Kurs hosil qilindi. «Novыy kurs» masteri ishini tugallash uchun «Zakrыt»
tugmasi bosiladi.
Modulni tahrirlash
Modulni tahrirlash o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
 Zastavkani tahrirlash
 Slayd-masterini tahrirlash
Slaydlarni tahrirlash
 Dastlabki ko‘rish
 Slaydlar qo‘shish
Zastavkani tahrirlash
Zastavkani tahrirlash rejimiga o‘tish uchun menyudan Vid -> Zastavka
buyrug‘idan, ѐki slaydlar panelidan tezkor o‘tish tugmasidan . Agar lozim bo‘lsa
zastavkada rasmlarni almashtirish, logotiplar qo‘yish, modul nomi qo‘yish, modulni ko‘rsatishni oldindan habar beradigan ko‘rsatmalar qo‘yish va h.k. mumkin. Zarur bo‘lganda modulni ishga tushirish tugmalarini tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish mumkin.
Yüklə 23,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin