Yiringli toshmalar. Agar terida yiringli toshmalar paydo bo'lsa hech qachon qo'l bilan siqib, yiringini chiqarish yoki biron narsa bilan teshish mumkin emas. Aks holda bu toshmalar ko'payib ketib kasalni ahvolini og'irlashtirishi mumkin. Yiringli toshmalarni maxalliy davolash kasallikni xususiyatiga, uning qay darajada tarqalganligiga qarab belgilanadi. Terining shikastlangan yeri atofidagi sog' joylarni 2% li salitsilbor yoki kamfora spirti bilan ho'llangan tamponlarni pintset yoki yog'och palkaga o'rab artiladi.
Yiringli sohani, eroziyalarni 1% li anilin bo'yog'i eritmasi bilan artiladi yoki dezinfektsiyalovchi mazlar (1-2% li simob, vinilin, oksikort) surtiladi. Yiringli yara tushganda esa 1% li eritromitsin yoki 5% li polimiksin mazlari ishlatiladi. Yallig'langan infiltrat paydo bo'lsa Vishnevskiy mazi bilan yog'li malham boylamlaridan foydalaniladi. Buning uchun tozalangan salfetkaga Vishnevskiy mazi surilib, uni shikastlangan joyiga qo'yib ustidan paxta bilan yopiladi. Paxtali qatlam doka qatlamdan 2-3 sm keng va uzun bo'lishi kerak.Ayrim hollarda paxta ustidan kompress qog'ozi qo'yib , so'ngra bint bilan maxkamlanadi. Psevdofurunkulyoz, absessda (teri giperemiyasi, yiringli infiltrat) tuzlarning gipertonik eritmalari ishlatiladi. Buning uchun tozalangan dokali salfetka gipertonik eritmalar bilan ho'llanadi. (5-10%li osh tuzi, 25%li magniy sulfat eritmalari). Salfetkalar terining jarohatlangan joyiga qo'yiladi, ustidan paxta bilan yopib bint bilan bog'lanadi.
Dostları ilə paylaş: |