Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
G‘ARB FALSAFASI 
44 
inqilobi mevalaridan bahramand bo‘lganlar. Faqat ulargina umumiy fuqarolik va siyosiy 
yerkinlikka yerishganlar. Hegelning ta’kidlashicha, aqlga muvofiq davlatchilikni o‘rnatgan faqat 
gyerman xalqigina umumjahon — tarixiy jarayonning haqiqiy timsolidir. 
Hegel umumiy falsafiy sistemasi ham, uning yaratgan metodi ham boshqa 
kamchiliklardan, ichki qarama-qarshiliklardan holi emas edi. Chunki uning falsafiy ta’limotida 
bilimning ob’ektiv asosi mutlaq ruhdir, maqsadi esa shu mutlaq ruhning o‘z-o‘zini anglashidir, 
oxirgi bosqich o‘z-o‘zini anglash bilan yakunlanadi. Hegel falsafasi mana shu masalani amalga 
oshirishga qaratilgan. Shunday qilib Hegelning sistemasi va metodi o‘rtasidagi qarama-qarshilik 
cheklanganlik va cheksizlik o‘rtasidagi qarama-qarshilikdir. 
XIX asrning oxiridan boshlab g‘arb mamlakatlarida Hegel falsafasi atrofida turli falsafiy 
maktablar va oqimlar vujudga keladi. Bu falsafiy maktablar ichida ma’lum nufuz va ta’sirga ega 
bo‘lgan oqim «yosh hegelchilar» oqimi edi. Bu oqimning o‘sha davrdagi asosiy namoyandalari 
orasida aka-uka Bruno va Edgar Bauyerlar alohida ajralib turar edi. 
Dastlab mana shu oqimga mansub bo‘lgan K. Marks (1818-1883) va F. Engels (1820-
1895) keyinchalik materialistik jihat va ateistik tamoyillar ustuvor bo‘lgan, qarama-
qarshiliklarning kurashi tamoyili mutlaqlashtirilgan o‘z ta’limotini ishlab chiqdilar. Uning asosiy 
nazariyalarini hayotga tatbiq qilishga da’vat qildilar. Ularning ta’limoti marksizm falsafasi degan 
nom oldi. Keyinchalik bu falsafa sotsialistik lager deb atalgan mamlakatlarda davlatning 
mafkuraviy doktrinasiga aylandi, «ilmiy kommunizm» g‘oyalari asosida insoniyat tarixining 
tabiiy jarayonini proletariat diktaturasi deb atalgan davlat va hokimiyat yuritish usuli orqali 
zo‘rlik bilan o‘zgartirish ta’limotini ko‘pchilik ommaga, siyosiy partiyalarga, mafkuraga 
singdirishga harakat qildi. 
Yangicha falsafiy tafakkurga asos solgan olimlar orasida ko‘pchilik nemis olimi Artur 
Shopengauer (1788 — 1860) qarashlarini tilga oladi. Shopengauer olamdagi barcha mavjud 
narsalarni irodaning namoyon bo‘lishi, irodani esa ongsiz ko‘r-ko‘rona intilish tarzida tushunadi. 
Maxluqotlarning instinktlari, xatti-harakatlari — irodaning namoyon bo‘lishidir. Inson faoliyati 
ham aqldan begona bo‘lgan irodaning natijasidir. Shuning uchun inson mohiyati irrotsional 
asosga ega. Aql esa tasodifiydir. Inson hayoti doimo aylanib turgan iroda g‘ildiragiga bog‘liqdir. 
Shopengauer ta’limotini davom ettirgan nemis faylasufi Fridrix Nitsshe (1844-1900) 
fikricha, «borliqning eng chuqur mohiyati hokimiyatga erishish uchun bo‘lgan irodadir.» Nitsshe 
inson borlig‘ida maxluqlik va xoliqlikni birlashib ketganini asoslab byerishga harakat qildi. 
Uning diyorimizda bundan ikki yarim ming yil muqaddam shakllangan zardushtiylik ta’limotini 
o‘rganib yaratgan «Zardusht tavallosi» asarida kuchli shaxslarni tarbiyalash g‘oyasi ilgari 
surilgan. U o‘z ortidan irodasiz kishilar ommasini yetaklashga qodir bo‘lgan irodasi kuchli 
shaxslarni tarbiyalash tarafdori bo‘lgan. Nitsshening sivilizatsiya va madaniyatning so‘nishi va 
barham topishi to‘g‘risidagi g‘oyasiga asoslanib, 1918 yilda G. Shpenglyer «YYevropaning 
so‘nishi» degan asarini yozadi. 
O‘tgan asr oxiri olimlari ijtimoiy inqiroz va ma’naviy turg‘unlikdan chiqishning yo‘lini 
Farbda klassik falsafiy myerosga murojaat etishda va uni qayta tiklashda ko‘rdilar. Shu zaylda 
«Orqaga Kantga» shiori ostida neokantchilik, «Orqaga Hegelga» shiori ostida esa neohegelchilik 
paydo bo‘ldi. 
Neotomizm — XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bo‘lib, u o‘rta asrlardagi (XIII asr) 
Foma Akvinskiyning ta’limotini qaytadan tikladi. U (neo — yangi, tomizm — «foma», 
transkripsiyada «toma» bo‘lib o‘zgargan) Foma Akvinskiyning yangi, zamonaviy ta’limoti 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin