Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

I.A.Karimov (1938-2016) 
tarix falsafasini tarixiy xotira bilan uyg‘un holda ko‘radi. Uning 
fikricha, «Inson uchun tarxidan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish demakdir»
6
. Fikrining 
davomida u tarixiy xotirasi bor inson irodali inson, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini 
yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. tarix 
saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, o‘zlikni anglash tarixni 
bilishdan boshlanadi, deb ta’kidlaydi. Buning uchun har bir millat o‘zining tarixiy ildizlariga 
nazar solishi, u yoki bu mafkura ta’sirida xash-po‘shlangan tarixiy xotirani o‘z holicha, qayta 
tiklashga harakat qilishi lozim. «O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning 
kelajagi yo‘q»
7
. Shundagina millat, xalq o‘z-o‘zini anglaydi. Tarixchilar millatga uning haqqoniy 
tarixini ko‘rsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan, tarix xalq ma’naviyatining asosidir. 
Hozirgi zamon tarix falsafasida, tarixiy jarayon mantig‘i va yo‘nalishini tushuntirishga nisbatan 
ikki asosiy yondashuv: 
formatsion va sivilizatsion yondashuvlar
mavjud. Formatsion 
yondashuv tarixni monistik, universalistik tushunishga asoslanadi. U jahon tarixini ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyalar olinma-ketin almashuvidan iborat yagona, chiziqli-hujumkor tabiiy-
tarixiy jarayon sifatida talqin qiladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi ta’limotni Karl Marks o‘zining «Kapital», «Siyosiy 
iqtisod tanqidiga doir» kabi asarlarida ilgari surgan. Marks nazariyasining mohiyatini, uning bir 
qancha qoidalari orqali ifodalash mumkin: 
1)
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – sifat jihatidan aniq, yaxlit ijtimoiy tizim bo‘lib, uning 
muhim elementi odamlarning hayot faoliyati jarayonida ular o‘rtasida o‘rnatiladigan moddiy 
(iqtisodiy), ma’naviy (mafkuraviy) va boshqa aloqalar va munosabatlardir. Moddiy va ma’naviy 
munosabatlarning o‘zaro aloqasida moddiy munosabatlar etakchi rol o‘ynaydi. Ularning o‘zagini 
ishlab chiqarish munosabatlari tashkil qiladi. Aynan ishlab chiqarish munosabatlari, ijtimoiy 
tizim faoliyatini belgilovchi asos hisoblanadi; 
6
Karimov I.А. 
Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. –T.: «Sharq», 1998 y. 10-b.
7
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –Т.: «Ma’naviyat», 2008 y. 4-b. 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin