Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə324/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

1. Sifat analogiyasi 


11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH 
169 
2. Munosabat analogiyasi 
1. Predmet, hodisalarning sifat (xususiyat)laridagi o’xshashlik sifat analogiyasini hosil qiladi. 
Masalan: Janubiy Afrika yassitog’ligining geologik strukturasi Yoqutiston tog’larnikiga 
o’xshash. Janubiy Afrikadan ko’pdan-ko’p olmos tog’ konlar topilgan. Demak, Yoqutistonda 
ham olmos konlari bo’lishi mumkin.
2. Munosabatlardagi o’xshashlik munosabat analogiyasini hosil qiladi. Munosabat analogiyasi 
sababiy aloqadorlik shaklida namoyon bo’ladi. Masalan: Yerga olmaning tushishining sababi 
Yerning tortishish kuchi. Oy yerning tortishish kuchi tufayli uning atrofida harakat qiladi. Yer, 
butun planetalar Quyosh atrofida harakat qiladi. Shu orqali butun dunyo tortishish qonunini 
tushunishi mumkin.
Bionika fani jonli tabiat ob’ektlari, hodisalarini o’rganish asosida u haqidagi bilimlarni yangi 
texnika texnologiyada qo’llash bilan shug’ullanadi. Fizik olim Rezerfort ishlab chiqqan atom 
tuzilishini modeli atom yadrosi bilan elektronlar munosabatidagi o’xshashlikka asoslangan. 
O’xshashlik - o’xshash tomonlarni aniqlash, bilim va amaliyotda muhim o’rin tutadi. M.V. 
Lomonosov «o’xshatish biron bir narsani isbotlamaydi, balki isbotlanadigan narsani 
tushuntiradi»,- degan edi.
Hosil bo’ladigan bilimning xarakteriga ko’ra analogiya 3 ko’rinishda namoyon bo’ladi:
a) Qat’iy analogiya.
b) Qat’iy bo’lmagan analogiya.
c) Yolg’on analogiya.
a) Qat’iy analogiya 
o’xshash tomonlar, belgilar orasidagi zaruriy aloqa va munosabatlar asosiga 
ko’riladi. Qat’iy analogiya ilmiy izlanishlarda keng qo’llaniladi. Ilmiy tadqiqotlarni 
modellashtirish usuli qat’iy analogiyaga asoslangan.
b) Qat’iy bo’lmagan analogiya 
ehtimollik xarakteridagi (taxminiy) xulosalarni hosil qiladi. 
Samolyotlar modelini sinash qat’iy bo’lmagan analogiyaga asoslanadi.
Qat’iy bo’lmagan analogiyada bilimning ishonchlilik darajasini oshirish uchun quyidagilarga 
e’tibor berish lozim:
1. o’xshash xususiyatlar tomonlarning ko’pligiga;
2. asosiy, zaruriy belgilar, tomonlar o’xshashligiga;
3. o’xshashlikning iloji boricha har tomonlama bo’lishiga;
4. farklarning miqdori va sifatiga;
5. chiqarilayotgan xulosadagi ehtimol borligi nazarda tutilgan belgining o’xshash belgilarga 
yaqin tipni ifodalashiga.
Bular analogiya bo’yicha chiqariladigan xulosalarning asosiy qoyidalari hisoblanadi.

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin