texnalogiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ma’lumotlar almashinuvining tezlashishiga olib keldi. Bunda asosan Internet ijtimoiy tarmog‘i etakchi rolni o‘ynamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda er yuzida 2,1 mlrd. internetdan foydalanuvchilar bo‘lib, uning 44 foizini Osiyo mintaqasida yashovchilar tashkil etar ekan. Umumiy ko‘rsatkichning yarmidan ko‘pi 25 yoshgacha bo‘lganlardan iborat. Bunday murakkab zamonda ma’naviyat va ma’rifat masalasi naqadar dolzarb, hal qiluvchi
masalaga aylanib borayotganini ko‘pchilik hamon teran anglab etgani yo‘k. Takror aytish
foydadan xoli emaski, agar ma’naviyatni yo‘qotsak, o‘zimizni va o‘zligimizni yo‘qotib
qo‘yishimiz mumkin. Aksincha, ma’naviyatimizni yanada yuksaltirsak, o‘zimizning maksad-
vazifalarimizga etish uchun kuchli va ishonchli madad topa olamiz.
To‘g‘ri, biz demokratiya davrida yashayapmiz. Jamiyatimizda qiziqish va intilishlarga hurmat
bilan qaraladi. Ammo xatarli qiziqish va mayllardan davlat va jamiyat o‘zini himoya qilishi
lozim. Buning uchun esa, eng avvalo, reklama va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi
davlatimiz qonunlarining talablari qat’iy bajarilishi kerak.
Ayni
paytda
barchamiz
yoshlar
dunyoqarashini
kengaytirishimiz,
imkoniyatlarini
rivojlantirishimiz lozim. Masalan, «Ogohlik» iborasining ma’nolarini bugungi zamon sharoitidan
kelib chiqib, ancha keng miqyosda tushunishimizga to‘g‘ri keladi. Ya’ni bugungi ogohlik
xalqimiz, ayniqsa, yoshlar dilini, ruhiyatini, aql-idroki va umuman ma’naviyatini diniy-
aqidaparastlik, jaholatparastliklar xataridan tashqari, ayni paytda, jahonda yuz berayotgan
siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va estetik manfaatlar yo‘nalishidagi goh
oshkora, goh xufiyona kurashlarning keng miqyosdagi xatarli jihatlaridan, jumladan, «ommaviy
madaniyat»ning emiruvchi ta’siridan muhofaza qilishni ham o‘z ichiga oladi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ayrim siyosiy kuchlar o‘z maqsadlarini millatlar
manfaatiga yot bo‘lgan mafkurali tahdidlar orqali amalga oshirishga qaratishgan. Aslida ularning
bu xarakatini buzuqlik, zo‘ravonlik g‘oyalari boylik orttirish, xalqlarning necha ming yillik
an’ana va qadriyatlarini qo‘porish, yo‘q qilishga urinish deb baholash lozim.
Kelajak egalarini xalqimiz ma’naviyatiga yot “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan
himoya qilish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi bo‘lib qolmoqda. Buning uchun avvalo