Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə395/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
234 
ruhiy hayotining eng murakkab va nozik tomonlarini qamrab oladi. Estetikaning tarkibiy 
qismlarini psixologiya fanining erishgan yutuqlari va xulosalaridan keng foydalanmasdan turib 
tasavvur etib bo‘lmaydi. Ayni paytda shuni ham unutmaslik kerakki, san’atning o‘ziga xos 
xususiyatlarini o‘rganishda psixologiya fanining ahamiyati qanchalik katta bo‘lmasin, u hech 
vaqt estetika fanining o‘rnini bosa olmaydi. Zero, o‘tmishda va hozirda voqelikka estetik 
munosabatning butun bir sohasiga psixologiya aqidalarini bosh mezon qilib olib, estetikani 
mustaqil fan sifatida chetga surib qo‘yishga moyillik seziladi. 
Estetika fanining hozirgi davrga xos xususiyatlaridan biri shuki, bu sohaga kibernetika, 
semiotika (belgilar tizimlarini qiyo-siy o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi bilim sohasi) va 
matematika kabi fanlarning usul va vositalari ham izchil kirib o‘rnashayapti. 
Estetika san’at va badiiy faoliyat turli shakl ko‘rinishlarini o‘rganadigan bilim sohalari 
uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qilar ekan, ayni mahalda u adabiyotshunoslik, 
musiqashunoslik, teatrshunoslik, axloqshunoslik kabi fanlar bilan hamkorlik qilish jarayonida 
rivojlanib boradi. Bu hamkorlik eng avvalo mazkur fanlarning ham san’at umumiy nazariyasiga 
amal qilishida ko‘rinadi. Masalan, san’-atning xususiy nazariyasi adabiyot, musiqa, tasviriy 
san’at va boshqa ijod sohalarining xususiyatlarini tadqiq etsa, san’atning umumiy nazariyasi 
san’atning barcha turlari, badiiy ijod barcha sohalari amal qiladigan qonuniyatlarning umumiy 
belgilarini o‘rganadi. Lekin san’atning umumiy belgilari sof holda mavjud bo‘lmasligi, ular 
ayrim san’at turlari xususiyatlari orqali ifodalanishini inobatga olib aytish mumkinki, estetika
 
o‘zining umumiy xulosalarini ishlab chiqishda san’atshunoslikning alohida-alohida bilim 
sohalari erishgan ilmiy ma’lumotlarga tayanadi. 
Estetika san’atshunoslik bilim sohalari uchun boshlang‘ich na-zariy va uslubiy asos 
bo‘lib xizmat qiladi. Estetikasiz san’atshuno-slik bo‘la olmaydi, ya’ni u ayrim voqea-hodisalar 
sharhi bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lib qoladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, Estetika xususiy 
san’atshunoslikning umumiy qonuniyatlari, eng av-valo, nafosat tabiati va estetik timsol 
qonuniyatlarini o‘zida namoyon qiladi. 
Estetikaning amaliyot uchun ahamiyati nimada? U voqelikka qanday ta’sir o‘tkazadi? 
Estetika ijtimoiy bunyodkorlik jabhasida qay tarzda ishtirok etadi? Bu savollarga javob berish 
ham estetika fani mavzusidir. Estetik nazariya san’at va badiiy ijod jarayoniga, badiiy 
madaniyatning barcha sohalariga amaliy jihatdan kuchli ta’sir o‘tkazadi.
Ilgarigi davrlarda Yevropadagi estetika nazariyalarida belgilab qo‘yilgan estetik me’yor 
bilan uning burch-vazifalarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish odat tusini olgan edi. Masalan, 
klassitsizm tarafdorlari estetik burchni barcha ijodkorlar amal qiladigan aqidalarda ko‘rardilar. 
Pozitivizm tarafdorlari esa estetika fani doirasini badiiy jarayonlarni tushuntirish va sharhlash 
bilan belgilardilar. Hozirgi zamon estetika nazariyachilari bunday bir yoqlama yondashishni 
qabul qilmagan holda «Estetika fanining asosiy burchi va vazifasi san’atning vujudga kelishi, 
rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlarini tahlil qilishdir», degan xulosani ilgari suradilar. 
Muammo shundaki, mazkur qonunlar mohiyati va tabiati ochib berilgandan so‘ng va nazariy 
xulosalar bayon etilgandan so‘ng oldindan belgilangan me’yor qolipiga aylanib, san’atning 
joziba va sehr kuchini yo‘qotib qo‘yish havfi tug‘iladi. 
Estetika amaliyoti adabiy-badiiy tanqidda yaqqol namoyon bo‘ladi. Badiiy tanqid bilan 
estetik nazariya o‘rtasida azaliy uzviy bog‘liqlik mavjuddir. Bu bog‘liqlikni «tanqid – bu 
harakatdagi estetikadir» degan ibora mazmunida ham ko‘ramiz. Munaqqid san’at asarlarini 
baholash va sharhlashda xolis estetik aqidalarga suyanadi va bu bilan estetikaning ijtimoiy 
hayotdagi o‘rnini mustahkamlaydi. 
Adabiy-badiiy tanqid – bu estetika fani bilan san’at amaliyo-ti o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlik ramzidir. Estetik nazariya san’atkor dunyoqarashini shakllantirishda muhim omil 
hisoblanadi. Badiiy faoliyat qonunlarini bilish, san’at tabiatini tushunish, uning ijtimoiy 
hayotdagi o‘rnini anglash haqiqiy iste’dod o‘rnini qoplay olmaydi. Ammo bu ikki qanotning 
yaxlit namoyon bo‘lishi iste’dodning estetik nazariya bilan qurollanishi, ularning qo‘shilib amal 
qilishi natijasida ijtimoiy hayot muhtoj bo‘lgan va kutib yotgan estetik mo‘‘jizalar yaratiladi, 
albatta. 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin