Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə416/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
255 
«turli 
qo‘l» 
is h la ga n 
q is mlar n i 
b ir 
mut axas s is n ing
– 
d iz a yne r ning
ya x lit la s ht ir is h i nat ija s id a o ‘z in i but u nisic ha na mo yo n q ila d i. SHu s a ba bli,
hu nar ma nd n ing ma hsu lo t i – sa n’at , d iza yner n ing is h i no sa n’at est et ik fao liyat
hiso bla nad i. SHu nga qara ma y, d iz a yn va d iza yner n ing ijo d iy me hnat i Er yuz id a
to bo ra ko ‘pa yib bo ra yo t gan inso n zo t in in g za mo na viy iqt iso d iy- ma is h iy ha md a
est et ik eht iyo jin i, ma ’na viy t a la bla r in i qo nd ir is h i b ila n mu him ha mda e ’t ibo rga
lo yiq. Te xn ika est et ika s i e sa, d iz a yn naz ar iya s i s ifat ida e st et ika ning o ‘z iga xo s
t uri, us iz bugu ng i e st et ika fa nin i t o ‘liq t as a vvur q ilib bo ‘lma yd i.
San’at – estetik faoliyatning o‘ziga xos turi, sehrli ma’naviy ko‘zgu. Sehri shundaki, san’at 
asarini idrok etayotgan odam unda ham shu asarni yaratgan inson dunyosini, ham o‘z dunyosini 
qadriyatlar prizmasi orqali ko‘radi; o‘zining qandayligini va qaerdaligini, yutuqlarini va 
nuqsonlarini, aqlini va hissiyotlarini aniqlashtirib oladi. Uning estetik mohiyati makon va 
zamondagi voqelik vositasida go‘zallik, ulug‘vorlik, fojeaviylik, kulgililik, xunuklik, tubanlik 
v.b. estetik xususiyatlarni in’ikos ettirishi hamda ularni baholashi bilan belgilanadi. San’at 
qadriyatlarning qadrlanishini va qadrsizlangan qadriyatlarni ko‘rsatib beradi, bir odam yoki bir 
necha odam timsolida odam bilan olamning yaxlit, umumlashgan qiyofasini yaratadi, ularning 
uyg‘unligini ta’minlaydi. U kishini yashashga o‘rgatadi, go‘zallikka da’vat etadi, ma’naviy 
yuksaltiradi. SHu sababli insoniyat tarixida san’atsiz yashab o‘tilgan birorta ham davr yo‘q. 
Faylasuf-nafosatshunoslar o‘rtasida san’atning kelib chiqishi muhim muammolardan bo‘lib 
kelgan. San’atning kelib chiqishi deganda ko‘pchilik g‘orlarning tosh davrlariga ibtidoiy 
davrlarda chizilgan ov manzalari va ov hayvonlarining tasvirini nazarda tutadi. Vaholanki gap bu 
erda san’atning qanday paydo bo‘lganligi emas, balki nimadan paydo bo‘lganligi to‘g‘risida 
borishi kerak. Ba’zilar uni taqliddan, bosh: erotik hissiyotlardan, kimlardir o‘yindan, kimdir 
mehnatdan kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Bunday nazariyalar va konsepsiyalar anchagina, 
lekin ular orasidagi ikkitasining tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Ulardan biri – insonni 
hayvonlik darajasidan odamlik pog‘onasiga ko‘targan narsa mehnat, san’at ham mehnatdan
insonning olamni o‘zgartirishga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan, san’at faqat ijtimoiy hodisa 
degan moddiyatchilar ilgari surgan qarash. Ikkinchisi – san’at insonga berilgan ilohiy zavqning, 
ma’naviy olamning o‘yin orqali namoyon bo‘lishi, degan ma’naviyatchilar nazariyasi. Biz ana 
shu ikkinchi qarash tarafdorimiz. Buning sababi shuki, mehnat, qanchalik qadrlamaylik, 
qanchalik sharaflamaylik, u – majburiyat bilan bog‘liq, maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy hodisa, 
o‘yin esa har qanday majburiyatdan yiroq, maqsadga muvofiqlik bilan shartlanadigan individual-
ijtimoiy hodisa. Demak, mehnat –zaruriyat, o‘yin – erkinlik. Inson mohiyatan erkin va erkinlikka 
intilib yashaydigan mavjudot sifatida o‘z erkinligini eng avvalo o‘yinda namoyon qiladi. 
O‘yinsiz insonning yashashi mumkin emas, usiz inson hayoti jahannam. Bu o‘rinda yana bir bor 
SHillerning mashhur fikrini keltirish o‘rinli: «Inson faqat tom ma’noda inson bo‘lgandagina 
o‘ynaydi va o‘ynayotgan paytdagina to‘liq insonga aylanadi. 
O‘yin nazariyasining XX asrda eng yirik namoyandasi niderlandlik faylasuf – 
nafosatshunos YOxon Huyzinga o‘zining «Homo ludens» (O‘ynayotgan odam) asarida o‘yin 
umumbashariy madaniyat vujudga kelishining va taraqqiy topishining sharti degan g‘oyani ilgari 
suradi. SHopenhauer uchun «ixtiyor atamasi qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, Huyzinga uchun 
«o‘yin» tushunchasi shunday qamrovli, o‘yin hayvonot olamida ham, insoniyat jamiyatida ham 
ibtidolar ibtidosi: «Huquq, go‘zallik, haqiqat, ezgulik, ruh, Xudo singari deyarli barcha mavhum 
tushunchalarni inkor etish mumkin, - deb yozadi faylasuf. – Jiddiylikni inkor etsa bo‘ladi. 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin