«ETIKA» FANIDAN TESTLAR
1. Axloq deganda nimani tushunasiz?
a) Axloq xudoning insonga bergan in’omi;
b) Axloq kishining turli xil kayfiyatlari;
v) Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri, insonning yurishturish qoidalari va hulq-atvori
normalari;
g) Axloq yaxshilik va yomonlikning o‘lchov mezoni.
2. Axloq ko‘proq qaysi fanlar bilan bog‘liq?
a) Tarix va siyosatshunoslik fanlari bilan;
b) Pedogogika va huquqshunoslik fanlari bilan;
v) Sotsial - psixologiya va iqtisodiyot fanlari bilan;
g) San’at va adabiyot fanlari bilan.
3. Axloqning ijtimoiy hayotdagi roli nimadan iborat?
a) Odamga omad va baxt-saodat keltiradi;
b) Kishini hato qilmaslikka undaydi;
v) Insonni ma’naviy kamolatga etkazadi, jamiyatni ma’lum muvozanatda saqlab turishga imkon
beradi;
g) Kishining o‘z nafsini tiya bilishini va insofli bo‘lishini ta’minlaydi.
4. Axloqning tarkibiy tuzilishini izohlang?
a) Kishining kechinmalari, his-tuyg‘ularning yig‘indisi;
b) Axloqiy amaliyot va psixologik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi;
v) Axloqiy ong, axloqiy normalar, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlar;
g) Axloqiy baho va axloqiy mezon.
TESTLAR
8
5. Axloqning tabiiy manbaalari nimalardan iborat?
a) Axloq tug‘ma xarakterga ega, inson tug‘ilishi bilan unga in’om etiladi;
b) Axloqning negizida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar yotadi;
v) Axloq kishining aql-zakovatiga bog‘liq;
g) Axloq ota-onadan o‘tadigan genetik meros.
6. Axloqning ijtimoiy manbalari nimalardan iborat?
a) Axloq siyosiy ustqurmaning mahsuli;
b) Axloq jamiyatning tuzumi orqali belgilanadi;
v) Axloq sotsial muhit va jamoatchilik fikri orqali shakllanadi;
g) Axloq tarbiya xarakteriga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.
7. Axloqning ma’naviy manbalari nimadan iborat?
a) Axloq xudoning irodasiga bog‘liq;
b) Axloq hayotiy tajribalar davomida takomillashadi;
v) Axloq ilm-ma’rifat orqali shakllanadi, kishining hayot mazmuni va hayot maqsadini qanday
tushunishiga bog‘liq;
g) Axloq kishining ijtimoiy faolligi, intilishlari va epchilligining mahsulidir.
8. Axloqiy norma -qoidalar qachon paydo bo‘lgan?
a) Odamzod urug‘ining paydo bo‘lishi bilan;
b) Inson jamiyati yuzaga kelishi bilan;
v) Iqtisodiy tuzum inqirozi davrida;
g) Quldorlik tuzumi shakllangandan keyin.
9. Eng qadimgi axloqiy ta’limotlar qaerda yuzaga kelgan?
a) Misrda, Hindiston va Xitoy mamlakatlarida;
b) Qadimgi Yunonistonda va Rimda;
v) Evropa mamlakatlaridan Angliya va Fransiyada;
g) Amerika Qo‘shma Shtatlarida.
10. Eng qadimgi taniqli axloqshunos mutafakkirlarni aniqlang.
a) Fales, Anaxsimandr, Geraklit;
b) Aristotel, Suqrot, Epikur;
v) Demokrit, Amaksimen, Lukretsiy;
g) Gelvetsiy, Spinoza, Kant.
11. Axloqshunoslik bo‘yicha birinchi darslikni kim yozgan?
a) Geraklit;
b) Aristotel;
v) Demokrit;
g) Epikur.
12. «Axloq - bu baxt-saodatga erishish yo‘llarini o‘rgatuvchi fandir» degan fikrning muallifini
aniqlang?
a) Geraklit;
b) Demokrit;
v) Aristotel;
g) Epikur.
|