Xoja Ahmad YAssaviy dir (1166 yilda vafot etgan). U
Turkistonning Sayram muzofotida tug‘ilgan, mashhur mutasavvif YUsuf Hamadoniyning (1140
yilda vafot etgan) ta’lim-tarbiyasi bilan voyaga etgan, orif maqomiga erishgan. YAssaviy ustozining
vafotidan keyin muayyan bir muddat uning maqomida turgan, so‘ng esa bu maqomni Abduxoliq
Fijduvoniyga qoldirib, YAssi — Turkiston shahriga qaytadi va o‘z tariqati, yo‘l-yo‘riqlarini tashviq
etish bilan mashg‘ul bo‘ladi.
YAssaviyning oddiy xalq tushunadigan uslubda yozilgan, tasavvufiy qarashlarini aks
ettirgan hikmatlari devonida o‘z aksini topgan. Unda ilohiy ishq, Haq vasliga etishish, uning
ishqida parvona bo‘lish, undan boshqa narsaga ko‘ngil qo‘ymaslik haqida fikr yuritilgan.
Yassaviy riyozat, chilla, zikrga alohida ahamiyat berib, hayotining aksariyatini chillaxonada
o‘tkazgan. Yassaviy tariqati Turkiston o‘lkasi, Ozarboyjon, Turkiya, SHimolda — Qozongacha,
Farbda — Bolqongacha keng tarqalgan.
Bahouddin Naqshband (1318-1389 yillar) naqshbandiya tariqatining asoschisidir. Bu
ta’limotning mohiyati «Dil — ba yoru dast — ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan. Inson
Olloh inoyati natijasi bo‘lib, bu dunyoni unutib qo‘ymasligi lozim, uning qalbi doimo Ollohda,
qo‘li esa mehnatda bo‘lmog‘i lozim. U tasavvufning barcha tariqatlari singari shariat, tariqat,
ma’rifat va haqiqat maqomlarini e’tirof etadi.
Naqshbandning ta’kidlashicha, shariat — ahdga vafo, islomning beshta asosiy talabiga rioya
qilish, dil va til birligi. Tariqat esa, o‘zidan kechish, fano bo‘lishdir. Haqiqat — behuda ishlardan
uzoqlashish, haq ishlarga bog‘lanish. Demak, shariat — qonun, tariqat — yo‘l. Qonun vujud va
qalbni tarbiyalaydi. Yo‘l esa ko‘ngilni poklab, ruhni ilohiy quvvatdan bahramand qiladi.
Kubraviya, yassaviya va naqshbandiya ta’limotlari ma’naviyatimiz tarixida juda katta o‘rin
tutgan. Ular ma’naviy taraqqiyotda muhim ahamiyatga molik bo‘lib, o‘z ta’sirini haligacha
yo‘qotmagan.
Vatanimiz sivilizatsiyasining sharq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi rivojiga
ta’siri nihoyatda katta bo‘lgan. Uning hududida arab xalifaligidan nisbiy mustaqillikka erishgan
davlatlarning tashkil topishi, xalqimizning bag‘rikengligi tufayli yangi marralarga erishildi.
Dunyoviy va diniy sohalardagi madaniy-ma’naviy yuksalish mazkur uyg‘onish davrining yorqin
timsolidir. «Avesto» an’analari, tabiatni o‘rganishdagi yutuqlar, gumanitar sohadagi ijobiy
siljishlar, SHarq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatdi.
O‘sha davrda jahon miqyosida Vatanimizning ma’naviy-intellektual nufuzi ortib bordi. U
jahondagi yirik madaniyat va ilm-fan markaziga aylandi.