3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: G‘ARB FALSAFASI 39
Uyg‘onish davrida Yevropada falsafaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlardan biri
nemis Nikolay Kuzanskiydir (1401-1464). Kuzanskiy ta’limoticha, xudo hamma narsalarda
mavjud, shuningdek, hamma narsalar xudoda mavjud. Eng oliy haqiqatlarni bilish, sxolastik
fikrlash bilan emas, balki, tajriba asosida amalga oshadi.
U xudoni borliqning oliy va yagona asosi deb hisoblaydi. Bu masalada Kuzanskiy shunday
muhim kosmologik fikrlarni bayon qiladiki, hatto ma’lum darajada uni Kopyernik va
Brunolarning o‘tmishdoshi deb hisoblash mumkin. Ikkinchi masala esa bilish nazariyasiga
nisbatan uning butunlay yangicha yondoshishidir. Ushbu masalalar bo‘yicha Kuzanskiy
tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar ayrim hollarda XVIII asr oxiri va XIX asr boshidagi nemis
filosoflari tomonidan bayon qilingan fikrlarning debochasi edi.
Filosofiya va fan rivojlanishiga eng katta hissa qo‘shgan uyg‘onish davrining
mutafakkirlaridan biri polyak olimi Nikolay Kopernikdir (1473-1543). Ma’lumki, fan tarixida
Kopyernik o‘zining fanda tub o‘zgarish yasagan geliotsentrik ta’limoti bilan mashhur bo‘lgan.
Uning ta’limoticha, insonlar tomonidan kuzatiladigan quyosh va yulduzlarning harakatlari aslida
Yerning o‘z o‘qi atrofida kundalik aylanishidan va quyosh atrofida yillik aylanishidan iborat.
Bizning planetamizning markazi Yer emas, quyoshdir. Kopernikning buyuk kashfiyoti dunyoga
teologik qarashga zarba byerib, tabiatshunoslikda to‘ntarish yasadi. Bu kashfiyot Bibliyaning
dunyo tuzilishi haqidagi va o‘zgarmas deb tanilgan ta’limotiga zarba byerdi. Agar yer olamning
markazi emas, balki Quyosh atrofida aylanuvchi planetalarning biri bo‘lsa, unda dunyoni,
koinotni maqsadga muvofiq xudo tomonidan odamlar uchun yaratilganligi haqidagi talimot
asossiz bo‘lib qolardi.
Bruno geliotsentrik nazariyani himoya qilish va targ‘ib qilish bilan cheklanib qolmaydi. U
tabiatshunoslik tajribalarini hisobga olib, bir necha muhim nazariy xulosalar qildiki, ular
filosofiyani yana ham boyitdilar. Bruno ta’limoticha, haqiqiy filosofiya ilmiy tajribaga suyanishi
kyerak, sxolastikani tugatish kyerak. uning ta’lmoticha, koinot yagona, moddiy, cheksiz va
abadiy. Juda ko‘p dunyolar bizning quyosh sistemasidan tashqarida mavjuddir. Biz ko‘rib turgan
narsalar koinotining eng kichik bir qismidir. Yulduzlar — bu boshqa planeta sistemalarining
quyoshi. Yer — cheksiz dunyoning kichik bir zarrasi. Demak, Bruno tabiiy — ilmiy qarashlarida
Kopyernikdan ilgarilab ketib, koinotning cheksizligi haqidagi fikrni aytadi, Kopyernik esa
koinotni chekli deb hisoblagan edi. Bruno Kopyernik ta’limotini quyosh sistemasining tuzilishi
haqidagi yangi qarashlar bilan boyitdi.
Uyg‘onish davrining natijasi sifatida namoyon bo‘lgan G’arbiy Yevropa mamlakatlaridagi
tub ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar Nidyerlandiyada XYI asrning 60-70 yillarida, Angliyada XYII
asrning 40-50 - yillarida bo‘lib o‘tdi. Bu davrga kelib, Yevropada alohida millatlarning
shakllanishi yuz byerdi, milliy davlatlar paydo bo‘ldi. Endi monarxiya tuzumi jamiyatning ilg‘or
tabaqalari nazarida faqat tarixan o‘z umrini o‘tab qolmasdan, balki g‘ayritabiiy, g‘ayriaqliy
bo‘lib ko‘rina boshladi. O‘sha davrning ideologlari ilgari tan olinmagan insonning tabiiy
huquqlari masalasini o‘rtaga qo‘ydilar. Ular ijtimoiy tartiblar inson tabiatiga mos kelishini talab
qila boshladilar. Bor-yo‘g‘i 50-60 yil ilgari inkvizitorlar Jordano Brunoni yoqib yuborganlarida
lom-mim demagan YYevropa, endi o‘zining hayotida markaziy o‘rinni inson huquqlari egallashi
kerakligini his eta boshladi. Hatto xudoning nomidan bo‘lsa-da, inson umriga zomin bo‘lishga
hech kimning haqqi yo‘qligi, odamzodning yashash, fikr yuritish erkinligining tabiiyligi anglab
olina boshladi. Albatta, bungacha ikvizitsiya bir necha asrlar bu hududni aqidaparstlik changalida
ushlab turgan, ne-ne aqlli kishilarni o‘z domiga tortib ulgurgan edi.