Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
G‘ARB FALSAFASI 
46 
xaqiqatligini emas, xato ekanligini isbotlashi kyerak. Oxir-oqibatda neopozitivizm vakillari 
falsafa bilimlarning xaqiqiyligini mantiqiy — lingvistik usul orqali isbotlashi va 
sistemalashtirishi kyerak, degan xulosaga keldilar. XX asrning 60 — 70 yillariga kelib, 
neopozitivizmning mavqei kamayib, asosiy o‘ringa strukturalizm va gyermenevtika chiqdi. 
Strukturalizm (asosiy vakillari Levi — Stross va Fuko) bilishda strukturaviy usulning 
ahamiyatini mutlaqlashtiradi. Bu oqim tarafdorlari narsa va hodisaning strukturasini bilish uning 
ob’ektiv mohiyatini bilish demakdir, deb hisoblaydilar. Masalan Levi-Stross mifologik 
tafakkurni tahlil etib, turli joylarda yashagan qadimgi qabilalar va xalqlar yaratgan afsonalarning 
umumiy strukturaga ega ekanligini isbot qildi. Uning fikricha, bu afsonalarning asosiy mazmuni 
bir-biriga to‘la muvofiq keladi. Insoniyatning ilmiy tafakkuri ham bu ta’limotga ko‘ra shunday 
prinsipga, umumiy mantiqqa ega. 
Germenevtika — qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini 
insoniyatga tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan ataladi. 
Demak, germenevtika — tushunish, tushuntirish, tahlil etish g‘oyalariga asosiy diqqatini 
qaratadi. 
Jamiyat, bu ta’limotga ko‘ra, kishilar o‘rtasidagi muloqotga asoslanadi. Muloqot 
jarayonida madaniy, tarixiy va ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Shuning uchun falsafaning asosiy 
vazifasi hayotning ma’nosini, mohiyatini kishilar o‘rtasidagi muloqotdan qidirishdan iborat. 
Bu oqim vaqillari Shleyermaxyer va Diltey fikricha, biror bir tarixiy manbaning to‘g‘ri 
tahlil etilishi tadqiqotchining davr xususiyatlarini to‘la his etishi, tushunishi bilan bog‘liq. 
Hozirgi davrda bu ta’limotning ko‘plab tarafdorlari mavjud. 
XX asrning 30 — yillariga kelib «ekzistensial falsafa» rivojlandi. Ekzistensiya — tom 
ma’noda mavjud bo‘lmoq demakdir. Ekzestensializm nihoyatda xilma-xil yo‘nalishdagi 
ta’limotlarni insonning ma’naviy dunyosi, inson taqdiri, yerkinligi g‘oyalari asosida 
umumlashtirdi. 
Bu muammolarning talqini, ayniqsa, ijodkor ziyolilar o‘rtasida ommaviy tus oldi. Shuning 
uchun ekzistensial falsafa bu davrda eng keng tarqalgan oqim bo‘lib qoldi. 
Ekzistensializm vakillari asosan ikki yo‘nalishga bo‘linadilar. Biri — dunyoviy (Xaydegyer, Sartr, 
Kamyu) va ikkinchisi diniy (Yaspyers, Marsel) bo‘lib bunday bo‘linish nisbiydir. 
Xaydegyer, Sartr, Kamyularning ta’limotiga ko‘ra, inson o‘zining yaratish jarayonini o‘zi 
yerkin amalga oshiradi. Insoniyat oldida ulkan imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ulardan qaysi birini 
tanlashda u yerkindir. Demak, inson o‘z mohiyatini o‘zi yerkin belgilaydi, uning kim bo‘lib 
etishishi faqat uning o‘ziga bog‘liq. Shu ma’noda, inson doimo rivojlanib boradigan, 
tugallanmagan loyihaga o‘xshatiladi. Yerkinlik insonning o‘zi tomonidan yaratiladigan ichki 
ruhiy holati tarzida talqin etiladi. Insonga byerilgan imkoniyatlarni tanlash nihoyatda 
mas’uliyatlidir, chunki bunda inson o‘zi, boshqalarni hamda uni o‘rab turgan olamni ham qayta 
yaratadi. 
Diniy ekzistensializm vakillari Yaspyers va Marsel fikricha, inson o‘z yerkin faoliyati 
davomida xudoga qarab unga etishish uchun, kamolot tomon harakat qiladi. Haqiqiy yerkinlik 
insonga tahlikali onlarda, tashvishda, yolg‘izlikda namoyon bo‘ladi. «ahlika, mas’uliyat sof 
yerkinlikning o‘zidir, faqat shunday sharoitda inson o‘zini to‘laligicha anglaydi. Hayot va o‘lim, 
qo‘rqinch, dahshat tushunchalari bu ta’limotning markaziy tushunchalaridir. Ekzistensialistlar 
fikricha, olam ma’nosiz va uni bilib bo‘lmasligi abadiy, inson umri o‘tkinchi bo‘lganligi uchun 
ham dahshatlidir. 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin