Borliq va yo‘qlik dialektikasi. «Borliq bor, yo‘qlik esa – yo‘q», deganida, Parmenid ayni shu holga
e’tiborni qaratgan. Binobarin, yaxshi, yomon, to‘g‘ri,noto‘g‘ri, quvnoq, sho‘r, oq, qora, katta,
kichkina kabi va shunga o‘xshash sifatlar borliqqa nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. Borliqni
biron-bir koordinatalar tizimiga joylashtirib bo‘lmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. Muxtasar
qilib aytganda, borliqni har qanday voqelik ega bo‘ladigan umumiy, universal va betakror mavjudlik
qobiliyati, deb tavsiflash mumkin. Bu fikr esa amalda mavjud narsagina borliqqa ega bo‘lishi
mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi.
«Yo‘qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo‘lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha
tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo‘qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism,
hodisa, ong... (ya’ni amalda mavjud bo‘lishimumkin bo‘lgan narsalar) o‘zligini yo‘qotgan holda
«yo‘qlik» atamasi ayni shuma’noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‘qlikka chekindi», mavjud
emas deyiladi. Lekin, sof falsafiy ma’noda bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Borliq va yo‘qlik
o‘rtasida dialektik o‘zaro aloqa mavjud.
Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko‘ra, biz yashayotgan Olam bo‘shliqdan bino
bo‘lgan. Bo‘shliq materiyaning alohida holati. Bo‘shliq fizik borliqning eng boy tipi, o‘ziga xos
potensial borliq sifatida namoyon bo‘ladi, zero unda mumkin bo‘lgan barcha zarralar va holatlar
mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yo‘q. Yana shuni ham e’tiborga olish
lozimki, fiziklar (D.A.Landau va boshqalar) nuqtai nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda
yagona emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshidan kechirayotgan turli Olamlarning
cheksiz sonidan tashkil topadi. Shu ma’noda borliq va yo‘qlikning o‘zaro aloqasi ham nisbiy
xususiyat kasb etadi
1
.
Ikkinchidan, amalda mavjud bo‘lgan narsaning ob’ektiv borlig‘i yo‘qlikka chekinadi, lekin, shunga
qaramay u haqda gapirilayotgan, ya’ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo‘lsa, bu narsa
ongda mavjud bo‘ladi va o‘zining «ikkinchi»borlig‘ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki ob’ektning
nusxasi, ideal obrazi bo‘lib qoladi. Shunday qilib, o‘tgan zamondagi borliq yo‘qlikdir, deb aytish
mumkin. Borliq doim hozirgi zamonda mavjud bo‘ladi, u faqat hozirgi zamonda o‘zini namoyon
etadi, basharti u dolzarb va amalda namoyon bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lsa, agar upotensial, ya’ni
axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo bo‘lishi ob’ektivrivojlanish mantig‘i bilan belgilangan
bo‘lsa. Amalda yo‘q bo‘lgan narsa haqidaideal obraz sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda,
unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O‘tmishga tatbiqan biz
borliq haqida faqat shu ma’noda so‘z yuritishimiz mumkin.Ayni shu ma’noda biz g‘oyalar, narsalar,
voqealar, tarixiy shaxslar yoki o‘zimizga yaqin odamlar to‘g‘risida so‘z yuritamiz, bunda ular
yo‘qlikka aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi o‘zgacha borliq kasb etganini
nazarda tutamiz.
1
Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века // Онтология, гносеология, логика и
аналитическая философия. –СП(б).: 1997 г. с. 93.