Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


Materiya harakatining uch shakli: asosiy, xususiy va kompleks shakllari



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

Materiya harakatining uch shakli: asosiy, xususiy va kompleks shakllari 
mavjud degan 
boshqacha yondashuv ham bo‘lib, u dunyoni butun rang-barangligini
 
ifodalaydi. 
Asosiy shakllarga 
fizik, kimyoviy, biologik va ijtimoiy shakllar kiradi
. Ular materiya harakatining eng keng shakllaridir. 
Ayrim mualliflar materiya harakatining yagona fizik shakli mavjudligiga shubha bildiradilar. Ammo 
bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Barcha fizik ob’ektlar ikki eng umumiy fizik xossa – massa va 
energiyaga ega. Fizik narsalar dunyosiga keng qamrovli umumiy energiya ning saqlanish qonuni 
xosdir. 
Materiya harakatining xususiy shakllari asosiy shakllar tarkibiga 
kiradi. Masalan, fizik 
materiya bo‘shliq, maydonlar, elementar zarralar, yadrolar, atomlar, molekulalar, makrojismlar, 
yulduzlar, galaktikalar, metagalaktikani o‘z ichiga oladi.
 
Materiya harakatining kompleks shakllariga 
(astronomik metagalaktika – galaktika – yulduzlar – 
sayyoralar), geologik (planetar jism sharoitidagi materiya harakatining fizik va kimyoviy shakllaridan 
iborat), geografik (litosfera, gidrosfera va atmosfera doirasidagi materiya harakatining fizik, 
kimyoviy, biologik 1470 TD.va ijtimoiy shakllarini o‘z ichiga oladi) shakllar kiradi. Materiya 
harakati kompleks shakllarining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ularda pirovard 
natijada materiyaning quyi shakli –fizik materiya etakchilik qiladi; geologik jarayonlar fizik kuchlar, 
chunonchi,gravitatsiya, bosim, issiqlik bilan tavsiflanadi, geografik qonunlar fizik va kimyoviy 
shartlar hamda Er yuqori qatlamlarining o‘zaro nisbatlari bilan belgilanadi. 
Makon va vaqt falsafa tarixida
. Bizni qurshagan dunyo mazmuni, borliqning umumiy xossasi 
bo‘lgan borliq haqida so‘z yuritar ekanmiz, makon va vaqt tushunchalarini chetlab o‘tishimiz 
mumkin emas. Zero, har qanday jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa predmetlari va hodisalari 
bilan yonma-yon keladi, ko‘lamlilik xususiyatiga ega bo‘ladi. SHuningdek, ular o‘z ichki va tashqi 
holatlarini bir-biriga nisbatan o‘zgartiradi va bu turli hollarda har xil tezlik, marom, sur’at va 
davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda, ayrim yagona deb qaraladigan bu ko‘rsatkichlar majmui 
bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va vaqt o‘z rang-barangligida cheksiz borliqning shakllari 
sifatida amal qiladi.Makon va vaqt mohiyati haqida odamlar o‘z rivojlanishining dastlabki 
bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va o‘tmishning aksariyat mutafakkirlari ularning tabiatini 
aniqlashga harakat qilganlar. Bu, avvalo, inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan. Zero, ular kengayib va takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq 
tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko‘lamli shakl lar va ularni o‘lchash 
usullari haqidagi fan sifatida ajralib chiqqan geometriya dastlabki aniq fanlardan biriga aylandi. 
Vaqtga astronomik kuzatishlar hamda koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi 
mulohazalar nuqtai nazaridan ham alohida e’tibor qaratilgan. Keyinchalik «makon» va «vaqt» 
kategoriyalariga qiziqish hech qachon susaymagan. Ular bilan bog‘liq ko‘p sonli masalalar yuzaga 
kelgan. Ularning eng muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt mustaqil 
mohiyatlarmi yoki ular faqat nimagadir bog‘liq holda keladimi? SHu munosabat bilan falsafa tarixida 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin