Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

«Metafizika» 
(yunon. «fizikadan keyin») – dialektika kabi universal metoddir. Bu so‘z ilmiy 
muomalaga eramizdan avvalgi I asrda Aristotelning shogirdi, uning she’rlari sharhlovchisi 
Rodosskiy tomonidan kiritildi. Mutafakkir asarlarini bir tizimga solar ekan, u borliq va bilish 
haqidagi umumiy masalalarni fizikadan so‘ng «birinchi falsafa»ning (mohiyat, sabab va boshqa) 
ikkinchi falsafadan farqli xususiy-ilmiy bilimlarni o‘rganadigan qismi sifatida talqin qilgan. 
Ko‘p hollarda, dialektikaga qarama-qarshi deb talqin etiladigan 
metafizika olamdagi narsa va 
hodisalarni o‘rganishda, ularning muayyan vaqt davomida
nisbatan o‘zgarmasdan, alohida 
turgan holatiga diqqatni ko‘proq qaratadigan
usuldir
. Bu usul qo‘llanganida, olamning 
namoyon bo‘lish shakllari hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarning alohida qismi yoki 
holatiga asosiy e’tibor beriladi. Voqea, hodisa va jarayonlarni doimiy o‘zgarish holatida 
o‘rganish nihoyatda qiyin bo‘lganligidan, nafaqat faylasuflar, balki barcha fan mutaxassislari 
uning nisbatan tinch va o‘zgarmay turgan holatini o‘rganadilar, tadqiq etadilar. 
Aslini olganda, olam garchand dialektik o‘zgarish va harakatda bo‘lsada, bu jarayon doim ham 
nihoyatda tez sodir bo‘lavermaydi. Biz esa, dunyodagi narsa, hodisa va odamlarga shunchalik 
metafizik tarzda o‘rganib qolganmizki, go‘yo kechadan bugunning farqi yo‘qdek, kecha ko‘rgan 


6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
98 
kishiga bugun duch kelganimizda, unda hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaganday tuyuladi. SHu 
ma’noda, hayotda ko‘p hollarda metafizik usulda fikr yuritamiz, nimalargadir ana shunday 
munosabatda bo‘lamiz. Aclida esa, ular ham azaliy o‘zgarishlar jarayoniga tushgan narsa va 
kishilar ekanligini juda kamdan-kam hollarda o‘ylab ko‘ramiz. Xuddi shunday, bizning umrimiz 
ham kechadan ertaga qarab oqib turadigan dialektik jarayondir. Biz ham ana shunday o‘zgarib 
boramiz, ammo ko‘p hollarda bunga unchalik ko‘p e’tibor berilavermaydi. SHu tariqa maktabni 
tugatib qo‘yganimizni, ulg‘ayganimizni, bolalikning ortda qolganini go‘yoki bilmay 
qolamiz...Alohida ta’kidlash lozimki, metafizik usulning hayotda, ilmiy izlanishlar va falsafiy 
tadqiqotlarda ham o‘z o‘rni bor. Bizda haligacha metafizikaning tushunchalari, kategoriyalari, 
tamoyillari va ilmiy mohiyati izohlangan yoxud tadqiq etilgan asarlar, tadqiqotlar yo‘q. 
Qolaversa, uni dialektika bilan butunlay qarshi qilib qo‘yish va bu farqni mutlaq ziddiyat 
darajasiga ko‘tarish ham maqsadga muvofiq emas. Aynan ana shunday yondashuv sobiq 
Ittifoqda dialektikani mutlaqlashtirishga, metafizikani esa quruq va o‘lik ta’limot sifatida 
qarashga, uning imkoniyatlaridan foydalanilmasligiga sabab bo‘ldi. 
Hozirgi davr fanida metafizika uch asosiy ma’noga ega: 
1.
Falsafa umumiy hodisalar haqidagi fandir. Bu ta’limotning asoschisi Aristotel bo‘lib, u 
«narsaning birinchi turi» haqidagi ta’limotdir. Bu ma’noda, «metafizika» tushunchasini 
XX acpning yirik nemis faylasufi M.Xaydegger ham o‘rganadi. Uningcha, bu kategoriya 
bilishning ob’ekti va sub’ektini bir vaqtda ifodalovchi tushunchadirham o‘rganadi. 
Uningcha, bu kategoriya bilishning ob’ekti va sub’ektini bir ifodalovchi tushunchadir. 
2.
Maxcyc falsafiy fan ontologiya, umuman, borliq haqidagi ta’limot bo‘lib, nazariya bilish 
mantig‘i va uning xususiy ko‘rinishlaridan mustasnodir. Shu ma’noda, bu tushuncha 
G‘arb falsafasida o‘tmishda ham (Dekart, Leybnits, Spinoza va h.k.), hozirda ham keng 
qo‘llaniladi. 
3.
U bilish (tafakkur) va harakatni falsafiy tushunish ma’nosida dialektikaga qarama-qarshi 
qo‘yiladi. Bunda shu ma’nodagi tushuncha, ya’ni antidialektika haqida so‘z boradi. 
Uning eng asosiy xususiyatlaridan biri bir tomonlamalik bilish jarayonining faqat bir 
qismini mutlaqlashtirishdir. Falsafa tarixida metafizika (dialektika kabi) hech qachon 
o‘zgarmasdan qolmagan. U turli tarixiy shakllarda namoyon bo‘lgan. 
Bilimning metafizik usullari turlicha bo‘lib, idealizm, sensualizm, ratsionalizm, empirizm, 
dogmatizm, relyativizm va boshka shakllarda namoyon bo‘lib,bilimning alohida shakllari 
natijalarini mutlaqlashtirish jarayonida paydo bo‘ladi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin