12-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI 172
Isbоtlаsh, yuqоridа tа’kidlаb o’tgаnimizdеk, аrgumеntlаshning eng оddiy mаntiqiy usuli
hisoblаnаdi.
Isbotlash va uning tarkibi. isbotlash turlari. Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ular qo‘llayotgan bilimlarning kay darajada
chin bulishiga, ya’ni bu bilimlarning voqelikni qanchalik to‘g‘ri aks ettirishiga bog‘liq. Xato
fikrlar predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini buzib ko‘rsatadi, bilishda ko’p
chalkashliklarga olib keladi. Shuning uchun ham bilish jarayonida xar bir fikrni to‘g‘ri qurishga
erishish, uning chinligini dalillar bilan ko‘rsata olish, xato fikrlarni esa rad kila bilish muhim
ahamiyatga ega. Fikrning chinligini tasdiqlash uchun uni xodisaning (faktning) o‘zi bilan
solishtirish mumkin. Lekin ko‘p hollarda bilish jarayonida natijalarning chinligi ularni ilgari
vujudga kelgan bilimlar bilan bog‘lash orqali aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy
usuli isbotlaщdir. Isbotlash bir xukmning chinligini u bilan bog‘langan boshqa chin xukmlar
yordamida asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil
topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli - demonstratsiya.
Tezis - chinligi asoslanishi lozim bulgan xukm, u isbotlashning markaziy figurasi xisoblanadi;
butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga karatiladi. Tezis bir muloxazaning o‘zidan,
yoki muloxazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq, faktlarni umumlashtirish
natijalaridan, yoki xodisalarning sababini ko‘rsatuvchi muloxazalardan va shu kabilardan iborat
buladi.
Argumentlar - tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan xukmlar. Argumentlar bulib
faktlarni qayd qiluvchi xukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar xamda boshka
empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta,
o‘zaro bog‘langan va tezisning moxiyatiga aloqador bo‘lishi lozim. Ta’riflar xam chin xukmlar
bulib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, “Harakat – bu har kanday
o‘zgarishdan iborat”, degan ta’rif chin xukmdir. Aksiomalar chinligi o‘z-o‘zidan ravshan
bo‘lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida ko‘p martalab takrorlanganligi
uchun xam ularni isbotlash zarur emas. Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo‘ladi,
ularni xech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin. Isbotlash usuli - demonstratsiya tezis
bilan argumentlar o‘rtasidagi mantikdy aloqadan iborat. U xulosa chikarish shaklida buladi, ya’ni
tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqdan keltirib chikariladi. Isbotlashning ikki turi
mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bulgan xukmlardan foydalanilmaydi. Tezis
ko‘p xollarda yakka xodisani ifoda kilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan,
qonundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi.
Masalan, “O’zbekiston - mustaqil davlatdir”, degan xukm (tezis)ning chinligi “O’zbekistonning
mustaqil davlat deb, e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi” kabi asoslar
yordamida isbotlanadi.
Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo’lgan xukmning (antitezisning) xatoligini
ko‘rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga qarab apagogik
isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi.
Apagogik isbotlashda tezis (a) va antitezis (a) o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan,
“Materiya xarakatsiz mavjud emas”, degan xukmning chinligini asoslash uchun unga zid bulgan
“Materiya harakatsiz mavjud”, degan xukm olinadi. Apagogik isbotlashda antitezis topilib (1-
bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi (2-
bosqich), so‘ngra bu natijalarning xatoligi kursatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning chinligi
isbotlanadi. Masalan, “Materiya harakatsiz mavjud”, degan xukm chin bulsa, “Moddiy
predmetlar strukturasiz mavjud”, degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) ham chin buladi.
Bizga ma’lumki, moddiy predmetlar tarkibsiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning o‘zaro
aloqasisiz) mavjud emas. Demak, “Materiya xarakatsiz mavjud”, degan fikr xato, shu tarika
“Materiya xara-katsiz mavjud emas”, degan fikrning chinlish asoslanadi. Ayiruvchi isbotlashda
tezis sof ayiruvchi xukmning (kuchli diz’yunksiyaning) bir a’zosi bulib, uning chinligi boshka