18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
274
adabiyotga qiziqishini, jamiyat ma'naviy rivojidagi yangicha qarashlarni go'zallik va ulug'vorlik
asosida tarbiyalashdek dolzarb vazifani amalga oshirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Estetik tarbiya juda keng ko'lamga ega bo'lib, insonni bir butun shaxs sifatida namoyon qiladi.
Shuning uchun har qaysi davr, tuzum, jamiyat estetik tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Biroq, bu jarayon
pedagoglar zimmasiga juda katta vazifa yuklaydi. Ayniqsa, bugungi kunda oliy ta'lim
muassasasida katta ehtiyojga aylanmoqda. Biroq, ko'pgina oliy ta'lim muassasalarida bu fanga
nihoyatda jo'n va primitiv yondoshuv mavjudligini alohida e'tirof etish zurur. Fanning maqsadini
noto'g'ri tushunish mavjud. Estetik tarbiya ma'naviy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida inson
ma'naviy va jismoniy olamining uyg'un tarzda rivojlanishiga ulkan xissa qo'shadi. Estetik
tarbiyada insonning tashqi ko'rinishi, uning jamoat orasida o'zini tutishi, jismoniy baquvvat
bo'lishi ham katta ahamiyatga ega. Shubhasiz, yuksak did ma'lum darajada kishining estetik
tarbiya ko'rganidan dalolat beradi. Xulosa qilib aytganda, ma'naviyatni yuksaltirishda estetik
tarbiyaning zaruriyatini quyidagicha izoxlash mumkin. - globallashuv jarayonida inson tabiatida
sodir bo'ladigan o'zgarishlarni optimallashtiradi; - ma'naviy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida
mavjud tahdidlarga qarshi inson go'zalligini har tomonlama uyg'un rivojlanishini ta'minlaydi; -
estetik tarbiyaning asosida insonning hayotga bo'lgan ijodiy munosabati yotadi, bu ijodiylik
fetish estetikaning avj olishiga monelik qiladi; - insonning estetik didini tarbiyalash orqali uning
g'ayriestetik
jarayonlarga
munosabati
shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: