Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 

intilish” degan ma’nolarni ham anglatgan. Ushbu so‘z Fukidid, Suqrot va boshqa antik 
madaniyat vakillari tomonidan xuddi shunday ma’noda qo‘llangan. 
«Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui Qadimgi Yunoniston va Rimda 
eramizdan avvalgi VII-III asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan 
edi. o‘sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi falsafiy tafakkur 
olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi. 
Qadimgi Yunonistonda «Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali barchamizga 
yaxshi ma’lum bo‘lgan, buyuk alloma Pifagor ishlatgan. Evropa madaniyatiga esa, u buyuk yunon 
faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Filosof so‘zini, yuqorida aytganimizdek ilk bor 
buyuk matematik va mutafakkir Pifagor qo‘llagan. Bu tushunchaning ma’nosini u Olimpiya 
o‘yinlari misolida quyidagicha tushuntirib bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar 
bellashish, kuch sinashish, ya’ni o‘zi va o‘zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh – 
savdo-sotiq qilish, boyligini ko‘paytirish uchun, uchinchisi esa, o‘yindan ma’naviy oziq olish
haqiqatni bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub kishilar, 
Pifagor talqiniga ko‘ra, faylasuflar edi. 
Bu, bir qarashda, oddiy va jo‘n misolga o‘xshaydi. Ammo uning ma’nosi nihoyatda teran. 
Chunki, inson umrining o‘zi ham shunday. «Dunyo teatrga o‘xshaydi, unga kelgan har bir kishi 
sahnaga chiqadi va o‘z rolini o‘ynab dunyoni tark etadi», degan fikr bejiz aytilmagan. Kimdir bu 
dunyoga uning sir-asrorlari to‘g‘risida bosh ham qotirmasdan kelib ketadi, umrini eyish-ichish, 
uy-ro‘zg’or tashvishlari bilan o‘tkazadi. Boshqasi – nafs balosiga berilib, mol-mulkka ruju 
qo‘yadi. Uchinchisi esa, olam hikmatlarini o‘rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, 
boshqalar uchun ibrat bo‘larli hayot kechiradi. 
Qadimgi Sharq va Yunonistonda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga ega 
bo‘lgan, inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb 
ataganlar. Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug‘ullanganlar. Aslida, o‘sha davrlarda 
falsafani o‘rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko‘zda tutilgan. Grek mutafakkiri 
Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do‘stim, 
sen hali yoshsan, umringni bekor o‘tkazmay desang, falsafani o‘rgan», deganda aynan ana shu 
haqiqatni nazarda tutgan. 
Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 470-399 yillarda yashagan) bu 
haqiqatni quydagicha ifoda etgan: «o‘z-o‘zingni erga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa 
narsa emas, o‘zligingdan yuqori turish esa – faylasuflikdir». 
Lev Tolstoy donishmand kishilarning uch xislatini alohida ta’kidlab, shunday yozgan: «Ular, 
avvalo, boshqalarga bergan maslahatlariga o‘zlari amal qiladilar; ikkinchidan, hech qachon 
haqiqatga qarshi bormaydilar; uchinchidan, atrofidagi kishilarning nuqsonlariga sabr-toqat bilan 
chidaydilar». 
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy 
va imom Termiziy, Beruniy va ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o‘z 
hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq 
chiqarish, bashariyat tomonidan to‘plangan bilim va tajribalarni o‘zlashtirish orqali faylasuf 
darajasiga ko‘tarilganlar. 
Jamiyat ma’naviy taraqqiyotining dastlabki davrlarida falsafa insonning olam haqidagi 
barcha bilimlarini o‘z ichiga olgan. Keyinroq, falsafa kengroq mazmunga ega bo‘lib, mustaqil 
fan sifatida shakllanadi va rivojlanadi. U tabiat, jamiyat va insonning mohiyati haqidagi eng 
umumiy bilimlarni o‘zida ifodalab, insonni borliqqa bo‘lgan munosabatining metodologik 
asoslarini belgilab beradi, tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining eng umumiy muammolarini 
o‘rganadi va falsafiy dunyoqarashni shakllantiradi. 
Kishilar qadim zamonlardan boshlab, borliq dunyo, tabiat nima, ular qanday tuzilgan, 
borliqning asosida nima yotadi, insonning o‘zi nima, u dunyoga qanday qaraydi, kabi savollarga 
javob berishga harakat qilib kelganlar. Falsafiy tafakkur insonning o‘z-o‘zini anglashidan 
boshlanadi, uning olam haqidagi bilimlarini umumlashtirish asosida rivojlanib boradi.Inson 
bilishining ob’ekti bo‘lgan olam cheksizligi sababli, bu savollarga javob berish imkoniyati ham 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin