Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI 242
San’atdagi go‘zallik, uning badiiy qimmati hayotni haqqoniy tasvirlash, gumanistik
g‘oyalarni ifodalash, shakl va mazmun uyg‘unligini yaratish bilan belgilanadi.
Voqea-hodisalarning ob’ektiv estetik ahamiyatini ifodalovchi qadriyat sifatida go‘zallik
sub’ektiv estetik baholash orqali, kishilarning didi va ideallari vositasida qabul qilinadi. Estetik
tarbiyaning muhim vazifasi-kishilarda haqiqiy go‘zallikni tushuna olish va qabul qilish
qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishdir.
Ulug‘vorlik kategoriyasi estetikaning yana bir muhim kategoriyasidir. Qadimgi estetikada
«ulug‘vorlik» iborasi tantanaligi va ahamiyatliligi bilan ajralib turadigan nutqning alohida
uslubini tavsiflash uchun ishlatilardi. Ulug‘vorlik muammosiga estetik-nazariy yondashish III asr
notig‘i Longin yozgan «Ulug‘vorlik to‘g‘risida»gi risoladan boshlanadi. U ulug‘vorlikni nutq
go‘zalligi bilan bog‘lanib ketgan odatdan tashqari fikrlar va ehtiroslar sifatida tushunib, u
insonga his-tuyg‘uli ta’sir etuvchi, uni quvonch va hayratga soluvchi kuch deb uqtiradi.
XVII asr ingliz olimi E.Byork fikricha, ulug‘vorlik tuyg‘usining manbai-dahshat yoki
shunga o‘xshash tuyg‘ular ko‘zg‘atadigan barcha narsalar, voqea-hodisalardir. Byork
ulug‘vorlikni insonga his-tuyg‘uli ta’sir o‘tkazish shakllari ichida eng kuchlisi bo‘lgan
qoniqmaslik tuyg‘usi bilan bog‘laydi: Go‘zallik qoniqish asosidagi estetik zavqlanish baxsh etsa,
ulug‘vorlik dahshat va qoniqmaslik tuyg‘usining vujudga keltiradi.
Boshqa ingliz olimi T.Xoum fikricha, ulug‘vorlik go‘zallikdan faqat o‘zining ko‘lami
bilan farq qiladi va ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otadi.
I.Kant fikricha, go‘zallik ham, ulug‘vorlik ham qo‘pol, sof foyda ma’nosidagi
manfaatdan xoli bo‘lib, hamma uchun umumiy ahamiyatli, maqsadga muvofiqlik va zarurlik
tasavvurlarini o‘zida mujas-samlashtirgandir.
Ular o‘rtasidagi farqlar: agar go‘zallik sifatdan olingan qoniqish orqali vujudga kelsa,
ulug‘vorlikning zaminida miqdor tasavvuri yotadi; go‘zallik hamma vaqt jozibali, ulug‘vorlik
esa goh o‘ziga tortadi, goh o‘zidan qochiradi va nisbiy his-tuyg‘ular qo‘zg‘aydi.
CHernishevskiy fikricha, ulug‘vorlik tabiiy hodisalarga ham xos estetik tushunchadir.
Masalan, oddiy shamoldan bir necha yuz marta kuchli bo‘ron ulug‘vordir, pastkash hisob-kitob
va intilishlardan yuz karra kuchli bo‘lgan sevgi ulug‘vordir.
Ulug‘vorlik ko‘lami go‘zallik ko‘lamidek cheksizdir. Tabiatda ulug‘vorlik timsollari:
okeanlar, osmon, dengizlar, sharsharalar, tog‘lar. Ularning umumiyligi-ulkanligida, keng
ko‘lamligida. Ulug‘vorlik quvonch, hayratlanish, tan berish, shuningdek, ba’zida qo‘rquv hissini
uyg‘otadi.
Ijtimoiy hayotda ulug‘vorlik qahramonlik va mardlik bilan qo‘shilib ketadi, ularni
alohida-alohida mushohada etish qiyin. Ulug‘vorlikka xos estetik va axloqiy sifatlar mavjuddir.
Fidoyilar, qahramonlarning qiyofalari bir vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlikni, ham mardlikni
namoyon qiladi.
Ulug‘vorlik va pastkashlik qiymatlari ham o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Insonning
tabiat ustidan hukmronligi – yaqin kunlargacha ulug‘vorlik timsoli sifatida in’ikos etilardi.
Bunday munosabat ekologiya buzilishi, Orolning qurishi, kishilar sog‘lig‘ining yomonlashishiga
olib keldi.
Tabiat ustidan hukmronlik qilish emas, balki u bilan hamohang bo‘lish, ijtimoiy faol,
tashabbuskor, ijodkor shaxsni shakllantirish – ulug‘vorlik orzusining asosiy mazmuni.
Ulug‘vorlik san’atda har tomonlama ifodalanadi, chunki u san’atning asosiy
mavzularidan biridir. Qahramonlik dostonlari, lirik dostonlar, qahramonlik musiqa asarlari,
me’morchilikda ulug‘vorlik turlicha tasvirlanadi.
Me’morchilikda ulug‘vorlik alohida ahamiyat kasb etadi. Me’morchilikda ulug‘vorlik
faqat miqyos o‘lchovi bilan o‘lchanmaydi. Masalan, ayrim obidalar o‘zlarining keng ko‘lami