18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
275
Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga “ichki olamni o'rganuvchi ilm” deb ta'rif
bergan bo'lsa, sharq allomalari bu borada “Risolai fil farosa” (X asr), “Farosatnoma” (XYI asr)
kabi asarlarni yozib qoldirganlar. Odatda, farosat tushunchasi estetik baxo bilan belgilanadi. u
ranjish,
nomunosib xolat, ko'ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz.
Shuning uchun bo'lsa kerak, kamdan kam xollarda “farosatli kishi, farosati bor, farosatli” degan
so'zlarni ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat kabi tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli
bo'lib, fahm - haqiqatga, farosat – ezgulikka, did – go'zallikka
munosabat orqali namoyon
bo'ladi. Har uchchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. Shu ma'noda fahm – aqliy,
farosat – axloqiy, did – estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did va farosat
murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya
uyg'unlashgan umumiylikdan iboratdir. “Xo'sh, bu ilmning estetik tarbiyaga nima daxli bor?” -
degan savol tug'ilishi tabiiydir. Dahli shundaki, aynan didsizlik va farosatsizlik insonning asl
qiyofasini bilishga, uning niyatini anglashga monelik qiladi. Zero, har qanday chiroyli ko'ringan,
istarali bo'lishga
intilgan, muomalali inson har doim ham go'zal ishlarni qilavermasligini fahm,
farosat, did yordamida ajratib olishimizga to'g'ri keladi. Inson ma'naviyatining yuksalishi uning
fazilati bilan bog'liq ekan, bu jarayon albatta,
estetik tarbiyaga ehtiyoj sezadi.
Bir paytlar
AQShda kishilarning ijtimoiy xolati bilan
jinoyatchilik o'rtasidagi bog'liqlik o'rganilgan.
Yevropada esa kishi tug'ilganida vujudida
jinoyatga
moyil
xarakter
yoki
belgilar
bo'ladimi? - degan mavzuda izlanishlar bo'lgan.
Hozirda ham hunuk ko'rinishli insonlar yomon
bo'ladi, deb ishonuvchilar uchrab turadi. Farosat
ilmining bu nazariyasiga ishonish 1920 yillarda Germaniyada haddan tashqari kuchayib ketadi.
Misol uchun 1929 yil Dusseldorf shahrida amalga oshirilgan jinoyatlar aholini dahshatga soladi.
Politsiya gumon qilgan kishini e'lon qilganida, hech kim ajablanmaydi ham: 21
yoshli aqli zaif
Xans Shtausberg. Lekin xuddi shunday bir jinoyat yana qaytarilgandan keyin “Dusseldorfning
haqiqiy qonxo'ri” qo'lga olinadi. U ochiq yuzli, juda beozor ko'ringan, hech kimda shubha
uyg'otmaydigan Piter Kurten bo'lgan. Shuning uchun ham fiziologik jihatdan yomonlikka moyil
shaxs estetik tarbiya ta'sirida xulqini o'zgartirib, go'zal axloqli kishiga aylanishi mumkin.
Shuning uchun o'zida mavjud yomon xislatlarni yaxshi tomonga o'zgartirgan va ma'naviy
kamolotga erishgan kishi haqida faqat yuziga qarab hukm chiqarish adolatdan emas. Shu o'rinda
estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati haqida fikr bildirish va bu borada alohida ta'kidlash