Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: G‘ARB FALSAFASI 43
Kant ta’limoti bo‘yicha, makon va zamon g‘oyalari insonga uning tasavvurlaridan oldin
ma’lumdir. Makon va zamon real emas, balki faqat tushunchada, g‘oyalardadir.
Bilish nazariyasida Kant dialektikaga katta o‘rin byeradi. Qarama-qarshilikni bilishning zaruriy
omili sifatida qaraydi.
Kant falsafada katta o‘rin qoldirdi. Uning vafotidan keyin nemis falsafasining rivoji Hegel
(1770-1831) ijodida o‘zining yuksak cho‘qqisiga yerishadi. Hegel dialektikaning qonunlari va
kategoriyalari haqidagi ta’limotni rivojlantirdi. Falsafa tarixida birinchi marta bir tizimga solgan
holda dialektik logikaning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi. O‘sha davrlarda hukmron bo‘lgan
metafizik fikrlash uslubini tanqid qildi. Kantning «narsa o‘zida» haqidagi ta’limotiga qarama-
qarshi qilib, shunday ta’limotni ilgari surdi: «Mohiyat namoyon bo‘ladi, hodisa mohiyatdan
ajralmasdir». Hegelning ta’kidlashicha, kategoriyalar borliqning ob’ektiv shakllaridir. Borliqning
asosida esa, «dunyoviy aql», «mutlaq g‘oya» yoki «dunyo ruhi» yotadi. O‘z-o‘zini anglash
jarayonida dunyoviy aql uch bosqichni bosib o‘tadi:
1. O‘z-o‘zini anglovchi mutlaq g‘oyaning o‘z xususiy qobig‘ida bo‘lish bosqichi; tafakkur
jarayonida, ya’ni bu holatda g‘oya dialektika kategoriyalari va qonunlari tizimida o‘z
mazmunini, mohiyatini namoyon qiladi. Bu bosqich Hegel falsafasining mantiq bosqichidir;
2. Foyanning o‘zidan «begonalashuvi» ya’ni tabiat hodisalari shaklida namoyon bo‘lish
bosqichi, ya’ni bu bosqichda tabiatning o‘zi rivojlanmaydi, faqat kategoriyalar sifatida
rivojlanadi. Bu bosqich Hegelda tabiat falsafa bosqichidir;
3. Foyaning tafakkurda va insoniyat tarixida rivojlanish bosqichi. Bu bosqich Hegel
falsafasida ruh falsafasi bosqichidir. Mana shu yakuniy bosqichda mutlaq g‘oya o‘ziga qaytadi
va o‘zining inson ongi va o‘z-o‘zini anglash shaklida o‘z mohiyatiga qaytadi.
Rivojlanish g‘oyasi Hegel falsafasini qamrab olgan. Uning ta’kidlashicha, rivojlanish tor
doira ichida emas, doimiy, quyidan yuqoriga qarab boradi. Mana shu jarayonda miqdor
o‘zgarishlarining tub sifat o‘zgarishlariga o‘tishi yuz byeradi. Rivojlanishning manbai esa har
qanday o‘z-o‘zidan harakatning sababi bo‘lgan qarama-qarshilikdir. Hegel falsafasida borliq
dialektik o‘tishlar zanjiri sifatida bayon qilingan.
Hegel fikricha, tarix dunyoviy ruhning yoki mutlaq g‘oyaning rivoji sifatida namoyon
bo‘ladi. Umuman tarix bu mohiyatan fikrning, aqlning o‘z-o‘zidan rivoji tarixidir. Hegel
ta’limoticha, aql tarixda shunday namoyon bo‘ladiki, unda har bir xalq ruh o‘z-o‘zini anglab,
tobora yuqorilab borishiga o‘z hissasini qo‘shish huquqini oladi. Lekin bu jarayon qandaydir
tartibsiz (xaotik) amalga oshmaydi. Hegel umumjahon tarixini to‘rt bosqichga bo‘ladi: 1. Sharq
dunyosi; 2. Yunon dunyosi; 3. Rumo dunyosi; 4. German dunyosi:
Insoniyat tarixini mana shunday bosqichlarga bo‘lib, ularga baho byerishda Hegel
ochiqdan-ochiq irqchilik ruhidagi ta’limotga yuz tutadi. Uningcha, sharq xalqlarida yerkinlik
bo‘lgan, faqat yagona zo‘ravon hukmronning yerkinligi tan olingan. Shuning uchun bu
xalqlardagi yerkinlik — bir tomondan hukmronning zulmi, hirslarning keng quloch yoyishi,
ikkinchi tomondan ko‘r-ko‘rona, so‘zsiz bo‘ysunish xalq ruhiga xos bo‘lgan bir xususiyat
bo‘lgan. U yunon-rumo dunyosida esa, erkinlik bo‘lgan, lekin ular juda cheklangan, faqat ayrim
kishilar uchun amal qilgan. Shuning uchun yunon-rumo dunyosining davlatchiligi qullikni inkor
qilmagan. Lekin yunon va rumo dunyosi xalq ruhi har xil yo‘nalishda bo‘lgan. Agar yunon
dunyosiga xos bo‘lgan narsa «go‘zal shaxslilik» prinsipi bo‘lsa, rumo dunyosiga xos bo‘lgan
prinsip mavhum umumiylikdir. Hegelning da’vosicha, faqat german xalqlarida to‘liq erkinlik
bo‘lgan. Bu xalqlar o‘z tarixiy rivojlanishlarida islohotchilik (reformatsiya), 1789 yil Fransuz