Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


Global muammolarni echishda falsafaning roli



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Global muammolarni echishda falsafaning roli
. Og‘ir va murakkab vazifalarni echishda 
insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo‘lmaydigan, inson imkoniyatlari 
darajasidan tashqarida bo‘lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. 
Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarning o‘ziyoq 
odamlarni fanga o‘z e’tiborini qaratishga, olimlarni esa, bu muammolarni echish yo‘llarini 
izlashga majbur qildi.YUzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xosligi va yangiligi shundan iboratki, 
har qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida o‘rganish 
mumkin bo‘lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko‘p sonli o‘zaro aloqalari va o‘zaro 
bog‘liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global muammolarni tadqiq etishga 
ayrim fanlar qodir emas. Zero, o‘z tadqiqoti ob’ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global 
muammolar kontekstida talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. Shu sababli, u yoki 
bu fan qaysi muayyan vazifalarni echishidan qat’i nazar, ular bilan bog‘liq jarayonlar va 


9-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI
128 
hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan 
falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi. 
Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o‘z tadqiqot predmetini falsafiy jihatdan anglab 
etishga u yoki bu darajada muhtoj bo‘ladi. Muayyan fan predmetiga va insoniyat oldida turgan 
muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, 
umuman fanning rivojlanishi ham mumkin emas. 
Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari. 
O‘zining, o‘z farzandlarining, o‘zi yashayotgan 
mamlakatning kelajagi haqida bilishni istamagan odam bo‘lmasa kerak. Shu sababli, qadim 
zamonlardan boshlab turli xalqlarda ertangi kunga nazar tashlash, kelajakni bashorat qilish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar katta izzat-ikromga sazovor bo‘lgan. Forslar ularni afsungarlar, 
bobilliklar va assiriyaliklar – xaldeylar, qadimgi Misr aholisi – kohinlar deb atagan. 
Bashoratgo‘ylar qadimgi Yunoniston aholisining hayotida alohida o‘rin egallagan. Kelajakni 
bashorat qilishga falsafa tarixida ham, ijtimoiy tafakkurda ham turli ko‘rinishlarda alohida 
e’tibor qaratilgan. Tarixning o‘tish davrlarida, keskin ijtimoiy konfliktlar yuz bergan davrlarda 
bashoratning ahamiyati ayniqsa, oshgan. Bu insoniyat hayotining barcha jabhalarida olamshumul 
o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrga ham xos. Yuzaga kelgan sharoitda ijtimoiy bashorat 
masalalari o‘ta muhim nazariy va metodologik ahamiyat kasb etmoqda, ularni ishlab chiqish esa 
falsafiy tafakkurning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, kelajak bilan 
shug‘ullanmagan falsafaning kelajagi yo‘q. 
Ushbu mavzuning maqsadi bashoratga umumiy tavsif berish, uning asosiy turlarini ko‘rib 
chiqishdan; ijtimoiy prognoz nimaligini, uning metodlari va tiplarini aniqlashdan; davrimizning 
olamshumul muammolar bilan belgilangan asosiy futurologik konsepsiyalarini tahlil qilishdan 
iborat. 
Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin rivojlanishning 
kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko‘rinishida hozirgi zamonda 
potensial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. 
Bashorat o‘z gnoseologik 
tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o‘tmishni ham, hozirgi 
zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa
 
kelajakka 
yoki hali ma’lum bo‘lmagan hozirgi davrga qarab mo‘ljal oladi.
 
Kelajakni oldindan aytish usuli, 
teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra
 
bashoratning qo‘yidagi turlarini farqlash mumkin: 1) 
mifologik bashorat,1)
 
kundalik bashorat; 2) intuitiv bashorat; 3) ilmiy bashorat, 4)ijtimoiy basho-
 
rat. 
Mifologik bashorat arxaik ongda shakllangan obrazlar harakatida kelajakni bashorat 
qilishdi. 
Masalan, Drezden qo‘lyozmalarida ta’kidlanishicha, Mayya qabilalaribashorat 
qilishicha, 2012 yil 21 dekabr qiyomat kuni, deb belgilangan. Xususan, qo‘lyozmalarda to‘p 
o‘ynayotgan navkarlar ramzi ifodalangan. Olimlar fikricha, to‘p Quyosh ramzi, balandlikdagi 
doira Somon yo‘li ramzi muvozanat markazining ifodasi. Navkarlar to‘pni tepib doiraga kiritishi 
lozim. Doiraga to‘pni kirita olmagan navkarning boshi olingan. Olimlar, to‘pning doiraga 
tushishini qiyomat kuni, ya’ni muvozanatning buzilishi ramzi, deb tahlil qilmoqdalar. 
Shuningdek, Mayya qabilalari qo‘lyozmalarida, dunyoviy suv toshqinlari ham obrazlarda 
ifodalangan. Darhaqiqat, bundan ikki ming yil ilgari arxaik ong darajasidagi bashorat XX asrdagi 
tez-tez takrorlanayotgan zilzilalar, suv toshqinlari, dengiz to‘fonlari va shu kabi boshqa tabiiy 
ofatlarda namoyon bo‘lmoqda. Shu bois, bugungi kunda pessimist olimlar qiyomat kuni yaqin, 
deb ayyohannos solsalar, optimistlar bu astronomik sikllar almashinuvi xolos, deb bashorat 
qilmoqda. Insoniyatni kelajada nima kutmoqda. Bu savolga, inson, o‘z faoliyati maqsadi va 
natijalariga ko‘ra javob berishi lozim. 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin