Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə337/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
182 
oldida yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, 
ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas’ullik va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi 
tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va har doim 
zamonaviy bo‘lib kelgan axloqqa yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirsa bo‘ladi. 
Yangicha yondashuvlardan biri-axloqshunoslikda milliy g‘oya va mustaqillik mafkurasiga 
e’tiborni kuchaytirish bilan bog‘liq. CHunki zamonaviy komil inson an’anaviy axloqiy 
qadriyatlar bilan yo‘g‘rilgan yangicha mafkuramizni o‘zida mujassam etgan, milliy g‘oyani o‘z 
ruhiy olamiga singdirgan etuk shaxs bo‘lmog‘i lozim. Uning qalbida axloq mafkuraviylikni va 
mafkura axloqiylikni o‘zida uyg‘unlashtirgan ma’naviy hodisalarga aylanmog‘i kerak. CHunki 
mafkura bir yoqlama, mahdud, o‘ta siyosiylashtirilgan g‘oyalar tizimi emas, u ham xuddi axloq 
kabi, axloq bilan yonma-yon turib, insonni yuksak ma’naviy parvozlarga da’vat etuvchi botiniy 
kuchdir. Islom Karimov buni teran mantiqiylik bilan shunday ifodalaydi: «U insonga faqat 
moddiy boyliklar va moddiy ne’matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, 
iymon-e’tiqod tufayli yuksak ma’naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini 
anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo‘lini yoritadigan 
mayoqdir»
3
.
Zero, milliy g‘oya bilan umumbashariy qadriyatlar muvozanatini barqaror saqlashni 
yashash sharti deb bilgan mustaqillik mafkurasi axloqni to‘ldiruvchi va boyituvchi hodisa 
sifatida o‘zining bosh maqsadini axloqiy vazifalarga hamohang tarzda amalga oshiradi. SHu bois 
Islom Karimov: «Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda 
yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati 
uchun doimo mas’uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy 
qadriyat va an’analarimizga munosib bo‘lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni 
tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni 
hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir», - deganida mutlaqo 
haqdir.
4
Bundan tashqari axloqshunoslikning sof «ichki» vazifalari ham mavjudki, ular haqida 
to‘xtalib o‘tmaslik mumkin emas. Eng avvalo milliy-mintaqaviy axloqiy tafakkurning tizimli, 
ilmiy xolislik bilan yo‘g‘irilgan tarixini yaratish va sho‘rolar tuzumi ta’qiqlagan yoki unitilgan 
axloqiy qadriyatlarni tiklash muhim. Ayni paytda axloq nazariyasining dolzarb masalalarini hal 
etish, 
chunonchi, 
axloqiy 
tushunchalarni 
tasniflashtirish, 
turkumlashtirish, 
axloqiy 
madaniyatning nazariy jihatlarini ishlab chiqish, kasbiy odobning zamonaviy nazariy asoslarini 
yaratish kabi murakkab vazifalar ham echimini kutmoqda. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin