“YOshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo‘ravonlik, hayosizlik va
shafqatsizlikni targ‘ib qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar, “Bola huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda esa behayolik, shafqatsizlik va zo‘ravonlik haqida hikoya
qiluvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va
huquqbuzarliklar sodir etishlariga sabab bo‘luvchi adabiyotlarni tarqatish, filmlarni namoyish
etishning taqiqlanishi belgilab qo‘yilgan. Milliy qonunchilik tajribasida bu kabi normalarning
aks etishi yoshlarimizda turli axborot xurujlari, jamiyatimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan
mafkuraviy immunitetni shakllantirishda, farzandlarimizni xalqimizning milliy ma’naviyati,
oilalarimizda amal qilinadigan tartib-qoidalarga, ota-onaga hurmat ruhi asosida tarbiyalashda
muhim ahamiyatga egadir. Zero, har qaysi davlatning yoshlari uning ertangi kunini, taqdirini
belgilovchi kuch bo‘lib sanaladi.
Bioetika – amaliy etikaning nazariy asosi. Bioetika: Bioetika Bioetika – tibbiyot va biologiyaning rivojlanishiga qarab yuzaga keladigan axloqiy,
huquqiy va ijtimoiy muammolarni o‘rganuvchi bilim sohasi. Boshqacha qilib aytganda, bu
borliqqa axloqiy munosabat mezonlari to‘g‘risidagi fan, jamiyat manfaatlarini ilm-fan
tajovuzidan himoya qiluvchi institut, shuningdek tibbiyot sohasidagi axloqiy muammolarni hal
qilish metodologiyasidir. Bioetikaning asosiy maqsadi – insonni uning hayoti va sog‘lig‘iga
15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 228
tibbiyot va biologiyaning salbiy ta’siridan himoya qilish. «Bioetika» atamasini amerikalik
mashhur onkolog vrach, olim va insonparvar Van Ranseler Potter (1911-2001) ilmiy muomalaga
kiritdi.