17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
265
Sirk insonning nafaqat o‘z a’zolari va hissiyotlari, balki hayvonlar, o‘yin asbobi bo‘lmish
narsalar, makon,
tomoshabinlar hissiyotlari, atrof-muhit ustidan, kengroq ma’noda olganda,
dunyo ustidan cheksiz hukumronligini namoyish etishi bilan bizni doimo xavotirdan hayratga
aylanadigan estetik idrok etish jarayonini boshdan kechirishimizni ta’minlaydi. Zero sirk «sof
estetik» san’at, unda bevosita manfaatdorlikni uchratmaymiz. Umuman, sirk
musobaqa degan
tushunchani inkor etadi.
Sirkning yana bir o‘ziga xos xususiyati, unda doimiy masxaraboz-qiziqchining ishtirok
etishi, ya’ni kulgililik xususiyatining doimiy mavjud bo‘lishi bilan belgilanadi. Sirk san’atida
vorisiylik birinchi navbatda oilaviy san’atkorlik, qolaversa ustoz-shogirdlik an’analari
hukumron.
Umuman olganda, sirk san’ati millatni, ayniqsa yoshlarni mo‘‘jizaviylikdan
hayratlanib, kulgililikdan forig‘lanib-jismonan baquvat, epchil, o‘z ruhi a’zoi badani ustidan
hukumronlik
qila oladigan, katta tabiatining bir qismi bo‘lmish hayvonlar tabiatidan xabardor
shaxs sifatida kamol topishida muhim ahamiyatga ega.
Estrada san’ati.
San’at turi sifatida estrada omuxtalik tabiatiga ega,
unda teatr, musiqa,
sirk, askiya unsurlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, drama va komediyaning kichik
shakllari, intermediyalar, akrobotika, pontomima, janglyorlik, qo‘shiq, badiiy o‘qish v.b.
janrlar
muvaffaqiyatli ijro etiladi. Unda zamonaviy muammolarning ko‘ngil ochish usullari va kulgi
vositasida ifodasini, xilma-xil tanqid yo‘llarini ko‘rish mumkin.
Falsafiylik, ijtimoiy-siyosiy
mavzular estradada qisqa, lo‘nda, qiziqarli tarzda ochib beriladi. Estrada, sahnaviy san’at bo‘lsa-
da, teatrdan aynan ana shu «engilligi», «ko‘ptomonlamaligi» bilan farq qiladi. Mashhur rus
estrada aktyori E.Petrosyan shuni nazarda tutgan holda, bu san’at turini «san’atdagi jurnalistika»
deb ataydi.
Dostları ilə paylaş: